Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Белгиланган матнни тинглаш учун ушбу тугмани босинг Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-06
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    Prezidentimizning “2013-2015 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi tarixiy qaroridan keyin amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.


Urganch tumani hokimi


rasm Bekchanov Otabek Ismailovich
Urganch tumani. Mustaqillik ko‘chasi 1 uy, 220500
Tel: (0362) 35-21-649
E-mail: info@urganchhokimiyat.uz
Veb-sayt urganchhokimiyat.uz
Fuqarolarni qabul qilish kunlari:
Har haftaning seshanba kuni soat 10.00dan Urganch tumani hokimligi binosi fuqarolarni qabul qilish xonasida (1 qavat)

Urganch tumani haqida


Urganch tumani viloyat hududining 7,2 foizini egallaydi. Tumandan Urganch shaxrigacha 4 km.

Tumanda 10 ta fuqarolar yig‘ini, 76ta axoli punkti, 58 ta maxalla mavjud. Aholi soni 2014 yil 1 yanvar holatiga 175,1 ming kishi, shaharda 23,9 ming kishi, qishloqda 151,2 ming kishi, zichligi 1 kv km ga 354,3 kishini tashkil etadi. Yangibozor va Yangiariq tumanlari, Qoraqolpog‘iston Respublikasi bilan chegaradosh.

Tuman geografik o‘rniga ko‘ra 400-310 va 420 shimoliy  kengliklar 600-620 sharqiy uzunliklar oralig‘ida joylashgan.

Tuman iqlimi keskin kontinental bo‘lib, maksimal va minimal haroratlar orasidagi farq 780 ga teng.

Tumanda 2008 yil 1 oktyabr xolatiga 2995 ta korxona ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, shundan 2613 tasi faoliyat ko‘rsatmoqda. Faoliyat ko‘rsatayotgan 2613 ta korxonadan 2427 tasi kichik biznes sub’ektiga qarashlidir.

Tumanda 1 ta yirik sanoat korxonasi, 1 ta qo‘shma korxona faoliyat ko‘rsatmoqda.