Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Белгиланган матнни тинглаш учун ушбу тугмани босинг Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-06
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    Prezidentimizning “2013-2015 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi tarixiy qaroridan keyin amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.


Viloyat hokimligi axborot tahlil xizmati tomonidan tayyorlangan press-relizlar

PRESS- RELIZ

Xorazm viloyatida 2016 yilgi qishloq xo‘jaligi yili yakunlariga bag‘ishlangan yig‘ilish

17 dekabr 2016 yil

Xorazm viloyatida 2016 yilgi qishloq xo‘jaligi yili yakunlariga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda viloyatning turli tumanlaridan kelgan dehqon va fermerlar, bog‘bonlar, chorvadorlar ishtirok etdilar.

Viloyat hokimi P.Bobojonov tadbirni ochar ekan 2016 yil xorazmlik dehqonlar uchun muvaffaqiyatli yakunganini alohida ta’kidladi.

Paxtachilik, pillachilik, g‘allachilik, bog‘dorchilik va uzumchilik, chorvachilikda, umuman qishloq xo‘jaligining barcha sohalarida ko‘zlangan marralarga erishildi.

Fermerlar paxta xom-ashyosi sotish bo‘yicha tuzilgan kontraktatsiya shartnomalarida ko‘zda tutilganidan 30 ming tonna ko‘p xom – ashyo yig‘ib oldilar. Viloyatda hosildorlik gektar boshiga 31 tsentnerga teng bo‘ldi. Paxtachilik sohasida faoliyat yuritayotgan fermerlar olgan daromad 350 mlrd.so‘mni tashkil etdi.

Qo‘shko‘pir tumanidagi "Muattar”, Xonqa tumanidagi "Madir Xonqa” va "Sherzod Otaniyozov” fermer xo‘jaliklari har gektar erdan 60 tsentnerdan oshirib hosil oldilar.

Viloyat bo‘yicha 24 ta fermer xo‘jaligida hosildorlik gektar boshiga 50 tsentner, 316 ta fermer xo‘jaligida esa 40 tsentnerdan oshdi.

Dehqon - fermerlarining unumli mehnatlari uchun davlatimiztomonidan yaratib berilgan sharoitlar, hukumatimiz tomonidan ularni moliyaviy mablag‘lar, yonilg‘i – moylash materiallari, meniral o‘g‘it va texnika vositalari bilan ta’minlash borasida tizimli tadbirlar amalga oshirilayotganligi muvaffaqiyatlarning asosiy garovi dir.

Dehqon – fermerlarimizning sho‘r yuvishdan tortib ekish, ekin parvarishidan to hosilni yig‘ishtirib olguncha bo‘lgan davrda barcha agrotexnik qoidalarga to‘la rioya qilayotganligi, yangi texnika va texnologiyalarni amaliyotga joriy etayotganligi yutuqlarni ta’minlayotgan yana bir asos bo‘lmoqda.

Masalan, viloyatda bu yil , 70 foiz maydonga qo‘shqator usulda chigit ekildi. Zarakundalarga qarshi kurashishda biometod keng qo‘llandi. Hududlarda qishloq xo‘jaligi ekinlarini kasallik va zararkunandalardan himoya qilishning puxta tizimi yaratildi.

Dehqonchilik sohasining tajribali faxriylari Kenjaboy Ortiqov , Raimboy Matrasulov, Aminboy Vapaev, Jumaboy O‘tamov, Ibodulla Iskandarov, Rustam Sultonov, Leninza Asqarovalar ekin ekishdan tortib, hosilni tez va soz yig‘ib olishgacha bo‘lgan jarayonlarda o‘zlarining yo‘l – yo‘riq va maslahatlari bilan fermerlarga elkadosh bo‘lib turdilar.

Bu yil Xorazmda 252,5 ming tonna bug‘doy yig‘ib olindi. Bu o‘tgan yilga nisbatan 34 ming tonna ko‘p demakdir. Hosilning 94 ming tonnasi aholi tomorqalaridan yig‘ib olindi.

Gurlan tumanidagi "Sevinchbek - Ixlosbek” (rahbari Mansur Hasanov), Bog‘ot tumanidagi "Dilshod” fermer xo‘jaligi (rahbari Ibodulla Iskandarov) a’zolari har gektardan 90 tsentnerdan ham yuqori hosil oldilar.

Amalga oshirilgan yuqoridagi tadbirlar bois aholining qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyoji to‘liq qoplanib, Xorazm bozorlarida narx-navo barqarorligi ta’minlanmoqda.

Anjuman yakunida ilg‘or qishloq xo‘jaligi xodimlariga qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.

San’at ustalari o‘zlarining dasturlari bilan tadbirga fayz kiritdilar.

Shuhrat Matkarimov,

Viloyat hokimligining etakchi mutaxassisi – matbuot kotibi


MATBUOT XABARNOMASI

1.04.2016

2016 yil 31 mart kuni Urganch shahrida Xorazm viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari Shakarjon Xo‘janiyozovaning OAV vakillari bilan mutbuot anjumani o‘tkazildi. Unda viloyatda faoliyat olib borayotgan bosma va elektron ommaviy axborot vositalari xodimlari, respublika OAVlarining Xorazm viloyatidagi muxbirlari, idoralar, korxona va birlashmalarning matbuot kotiblari ishtirok etdilar.

Sh.Xo‘janiyozova viloyatda amalga oshirilayotgan ijtimoiy – iqtisodiy islohotlar, ularning natijalari va "Xorazm viloyatini ijtimoiy – iqtisodiy rivojlantirish strategiyasi”ga ko‘ra kelgusida amalga oshirilishi ko‘zda tutilayotgan tadbirlar haqida gapirib berdi.

Prezidentimiz I.A.Karimov tashabbusi va rahnamoligida ishlab chiqilgan va dunyoda "o‘zbek modeli” sifatida tan olingan chuqur, puxta o‘ylangan strategiya bois jahonda hamon davom etayotgan iqtisodiy inqirozga qaramasdan mamlakatimizda makroiqtisodiy barqarorlik va iqtisodiy o‘sishning yuqori sur’atlari ta’minlab kelinmoqda.

Jahon iqtisodiy Forumi ma’lumotlariga ko‘ra O‘zbekiston o‘sish ko‘rsatkichlari bo‘yicha dunyoda eng tez rivojlanayotgan besh mamlakat qatoridan o‘rin olgan. Mamlakatimiz iqtisodiyoti keyingi 11 yil davomida, jumladan, 2015 yilda ham o‘rtacha 8 foizdan ortiq o‘sish sur’atlariga ega bo‘ldi.

Mamlakatimiz hududlarini barqaror rivojlantirishga, xususan, Xorazm xalq xo‘jaligining turli tarmoqlarini rivojlantirishga qaratilgan davlat dasturlarining muvaffaqiyatli amalga oshirilishi bois viloyatda ham chuqur islohot, yangilanishlar keng ko‘lamda davom etmoqda.

Natijada sanoat, qurilish, sayyohlik, qishloq xo‘jaligi sohasida keskin o‘zgarishlar ko‘zga tashlanmoqda.

O‘tgan yil moliyalashtirishning barcha manbaalari hisobidan viloyatda 1 trln. 400 mlrd. so‘mlik kapital mablag‘lar o‘zlashtirildi. Uning 117 milliardi xorijiy investitsiyalar hisobiga to‘g‘ri keladi.

Tashqi savdo aylanmasi 266,1 mln. dollarni tashkil qilib, shundan eksport hajmi 159,0 mln. dollarni (umumiy tashqi savdo aylanmasi hajmida 59,7%), import hajmi 107,1mln. dollarga (40,3%) teng bo‘ldi.

Eng asosiysi viloyat uzoqni ko‘zlagan rejalar bilan yashamoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti, Xorazm viloyati hokimligi hamda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturining O‘zbekistondagi vakolatxonasi hamkorligida "Xorazm viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish strategiyasi” ishlab chiqildi. Bu hujjatda viloyat xalq xo‘jaligining barcha tarmoqlarini 2030 yilgacha bo‘lgan davrdagi rivojlantirish strategiyasi belgilab berildi.

Viloyatni uzoq muddatli rivojlantirishning to‘rtta asosiy yo‘nalishlari aniqlandi:

-Hududlar raqobat ustunliklarini oshirish maqsadida ishlab chiqarish va resurs saloxiyatidan samarali foydalangan holda, ishlab chiqarishning o‘sish nuqtalarini aniqlash;

- Qo‘shimcha qiymatning zanjirsimon bog‘liqligi asosida uzviy bog‘langan sohalar va yordamchi ishlab chiqarishlarni istiqbolli loyihalar asosida rivojlantirish;

- Mahalliy tashabbuskorlikni faollashtirish maqsadida O‘zbekistonning boshqa xududlari afzalliklaridan foydalangan holda, mintaqalararo loyihalarni amalga oshirish;

- Orqada qolayotgan hududlarning o‘sishda quvib etishini ta’minlash maqsadida hududlararo loyihalarni amalga oshirish.

Yuqoridagilarni amalga oshirish natijasida viloyatda 2030 yilga qadar sanoatning o‘rtacha yillik o‘sish darajasi 14,5 foizni tashkil etib, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 8,5 barobarga oshadi, yalpi hududiy mahsulotda sanoatning ulushi esa 21 foizni tashkil qiladi.

Xizmatlar sohasini rivojlantirishning quyidagi uchta asosiy strategik yo‘nalishi belgilandi:

1. Xizmatlar sohasini diversifikatsiya qilish va yangi turlarini yaratish

2.An’anaviy xizmat turlarini rivojlantirish

3. Sanoat korxonalarida autsorsing xizmatlarini tashkil etish

Yangi avtotransport korxonalarini viloyatning hamma hududlarida, ayniqsa Bog‘ot, Xonqa, Yangiariq va Yangibozor tumanlarida tashkil etish zarurati mavjud.

Istiqbolda viloyatda yuk aylanmasi 4,5 barobarga o‘sishi munosabati bilan ularni saqlash va saralash xizmatlarini ham rivojlantirishni talab etadi. Xozirgi vaqtda mintaqada transport logistika markazi mavjud emasligini xisobga olsak, kelgusida uni tashkil etish bugungi kunning dolzarb masalasi hisoblanadi.

Mintaqada yiliga 800 ming tonnadan ortiq turli hil meva-sabzavot va poliz mahsulotlari, 100 ming tonnaga yaqin guruch etishtiriladi. Xozirgi vaqtda etishtirilgan meva, sabzavot va poliz mahsulotlarining bor- yo‘g‘i 7 foizga yaqini viloyatda qayta ishlanyapti, xolos. Bu mahsulotlarni qayta ishlash, ayniqsa eksport hajmlarini oshirish kunning dolzarb vazifasi bo‘lib qolmoqda.

Savdo va umumiy ovqatlanish tarmoqlarini rivojlantirishda ulgurji savdo xizmati muhim o‘rin tutadi. Kelajakda Xazorasp, Bog‘ot, Xonqa, Urganch, Shovot, Gurlan va Qo‘shko‘pir tumanlari hamda Urganch shahrida yirik sanoat majmualarining tashkil etilishi tufayli bu masalaning mintaqa rivojlanishidagi ahamiyati yanada ortadi. Shularni inobatga olgan holda ulgurji savdo ob’ektlarini Hazorasp, Xonqa, Urganch, Shovot, Gurlan va Xiva tumanlari, Urganch shahrida tashkil etish maqsadga muvofiqdir.

Yuqorida keltirilgan tadbirlarning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi natijasida 2020 yilga borib xizmatlar hajmini 3,1 barobar, 2030 yilga kelib esa 16,3 barobar oshirish imkoni mavjud. Natijada xizmatlarning YaHM dagi ulushi mutanosib ravishda 45 va 50 foizni tashkil etadi.

Ijtimoiy – iqtisodiy rivojlantirish strategiyasini muvaffaqiyatli amalga oshirish Xorazm viloyati iqtisodiyoti taraqqiyotini yangi darajaga olib chiqib, aholisi turmush farovonligi ta’minlaydi.

 

Xorazm viloyati hokimligining Axborot xizmat


«DUNYo ULAMOLARI MUROJAATI» DINIY-MA’RIFIY NAShRI TAQDIMOTIGA

BAG‘IShLANGAN MATBUOT ANJUMANI MATBUOT XABARNOMASI

 

Joriy yilning 8 avgust kuni Xorazm viloyat hokimligi, O‘zbekiston musulmonlari idorasi Xorazm viloyat vakilligi tomonidan TATU Urganch filialida "Movaraunnahr” nashriyoti tomonidan chop etilgan "Dunyo ulamolari murojaati” diniy-ma’rifiy nashri taqdimotiga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi. Tadbirda Urganch shahar va tumanlar hokimliklarining mas’ul xodimlari, viloyat o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi boshqarmasi tizimiga qarashli ta’lim muassasalarining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari, "Mahalla” XJF viloyat, shahar va tuman bulinmalari raislari, Ma’naviyat targibot markazi viloyat, shaxar va tuman bo‘limlari rahbarlari, viloyatda faoliyat yuritayotgan masjid imom xatiblari, OAV xodimlari ishtirok etdilar.

Taqdimot davomidaO‘zbekiston musulmonlari idorasi Xorazm viloyati vakilligi, Urganch davlat universiteti, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish viloyat boshqarmasining ma’ruzachilari so‘zga chiqib, yangi kitobning ahamiyati, kitobda yurtimiz va dunyo ulamolarining turli yot oqimlar, buzg‘unchi kuchlarga qarshi bildirgan muhim fikrlarining bugungi davr uchun ahamiyati xususida to‘xtalib o‘tdilar.

Taqdimot tadbirida - Urganch davlat universiteti prorektori S.Davletov "Hozirgi dunyodagi geosiyosiy jarayonlar” mavzusida, O‘zbekiston Musulmonlari idorasi viloyat vakili X.Abdullaev "Dunyo ulamolari murojaati” kitobida keltirilgan ulamolarning Islom olamida tutgano‘rni, fatvo va ma’ruzalarining bugungi davr uchun ahamiyati mavzusida, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish viloyat boshqarmasi boshlig‘i Q.Hayitboev "Zamonaviy Mediya vositalaridan foydalanish odoblari” mavzusida ma’ruzalr qiladilar.

Ushbu kitobda dunyoning bugungi kunda etirof etilgai zabardast ulamolari tomonidan islom dinining musaffoligini saqlash, turli-tuman tuxmatlardan, e’tiqodimizga butunlay zid, dinimizga mutlaqo aloqasi bo‘lmagan gap-so‘zlardanhimoya qilish maqsadida berilgan fatvolari, ma’ruzalaridan namunalar keltirilgan. Shuningdek, kitobda musulmon kishi to‘g‘ri yo‘ldan adashmasligi, buzg‘unchi kuchlarning puch g‘oyalariga aldanmasligi uchun zarur bo‘lgan tavsiyalar berilgan. Ba’zi yoshlarning Internet tarmog‘ida buzg‘unchi kuchlar olib borayotgan radikal g‘oyaviy targ‘ibot, shuningdek, "ommaviy madaniyat” ta’siriga tushib qolayotganini e’tiborga olib, islom ulamolari ishlab chiqqan zamonaviy media vositalaridan foydalanish odoblari ham ilova etilgan.

O‘zbekiston Musulmonlari idorasi viloyat vakili Xayrulla Abdullaev o‘z so‘zida yurtimizda hukm surayotgan tinch va osuda hayotni asrab- avaylash, farovon turmushni qadrlab, uni turli tahdidlardan himoya qilish har bir fuqaroning mas’uliyatli burchi ekanini alohida ta’kidladi.

«Dunyo ulamolari murojaati» kitobiga oid bo‘lgan ulamolar fikrlari slaydlar asosida yig‘ilganlarga tushuntirib o‘tildi.

Shuningdek, tadbirda Urganch davlat universiteta ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori Sanjar Davletov Yaqin Sharq mintaqasi va qo‘shni Afg‘onistonda uzoq yillardan beri sodir bo‘layotgan beqaror vaziyat to‘xtalib, bugungi kunda mafkuraviy poligonlarning yadro poligonlaridanda kuchliroq zarari va ta’siri yuzasidan fikrlar bildirib, jamiyatimizda tinchlik va xotirjamlikni asrash, ogohlik va xushyorlikni bir zum bo‘lsada unutmaslik o‘ta muhimligini ta’kidladi.

Asarda nomlari zikr qilingan dunyo ulamolari qatorida O‘zbekiston musulmonlari idorasi ulamolarining fatvolari va ma’ruzalari hamda tavsiyalari joylarda o‘tkaziladigan ma’rifiy uchrashuvlarda dinni niqobi ostida harakat qilayotgan buzg‘unchi kuchlarning asl qiyofasini ochib berishda muhim dasturilamal bo‘lishini qayd etish lozim.

Shu o‘rinda ta’kidlab o‘tish lozimki, viloyatimizda fuqarolarning vijdon va e’tikod erkinligi bo‘yicha konstitutsiyaviy huquqlarini ta’minlash, jamiyatimizda bag‘rikenglik muhitini mustahkamlashga katta e’tibor qaratilib, boshqa diniy konfessiya vakillari ham Konstitutsiyamiz va qonunlarimiz bilan kafolatlangan huquqlardan to‘liq foydalanmoqdalar. Jumladan, Xristian cherkovi, "Presvyatiya Mariya Materi Meloserdiya” rim-katolik,"Xram pravednovogo Iova Mnogostradalno” pravoslav ibodatxonalarida diniy ibodatlar ado etilib, diniy marosim va ayyomlarni o‘tkazish uchun teng imkoniyatlar yaratilgan. Shuningdek, viloyatda 97 ta masjid va 1 ta diniy o‘rta maxsus islom bilim yurti islom diniga e’tiqod qiluvchi vatandoshlarimizga xizmat qilmoqda.

 

 

Viloyat hokimligining Axborot-tahlil xizmati