Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Белгиланган матнни тинглаш учун ушбу тугмани босинг Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-06
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    Prezidentimizning “2013-2015 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi tarixiy qaroridan keyin amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.


Viloyatdagi  yirik loyihalar, hamkorlik aloqalari mahalliy va xalqaro bitimlar, shartnomalar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 15-fevraldagi PQ-1707 sonli qaroriga asosan

Osiyo Taraqqiyot Banki (OTB) loyihasini amalga oshirilishi to‘g‘risida

MA’LUMOT

Osiyo taraqqiyot banki loyihasi asosida umumiy qiymati 9251,9 ming AQSh dollar bo‘lgan (sh.j.6725,3 ming. AQSh dol. qurilish-montaj ishlariga, 272,7 ming. AQSh doll. asbob uskunalarga, 2253,9 ming AQSh doll. loyihalash, soliq va boshqa xarajatlarga) 102,3 km uzunlikdagi suv quvurlari (sh.j. Xivada 18,8 km, Qo‘shko‘pirda 76,0 km va Yangiariqda7,5 km) va 3 ta (Ko‘shko‘pirda) suvtaqsimlash inshootlari qurilishi ko‘zda tutilib,
2015 yilda 3622 ming AQSh dollarlik va 1.01.2016 yil holatiga 3237 ming AQSh dollarlik yoki 97% qurilish-montaj ishlari bajarildi.

Xiva, Qo‘shko‘pir va Yangiariq tumanlarida jami 102,3 kmichimlik suv tarmoqlari va 3 ta suv uzatish qurilmalarida ishlar yakunlanib, foydalanishga topshirildi. Hozirda 24804 ta aholi yoki 6200 ta xonadonlardan 4312 tasi ichimlik suv tarmog‘iga ulanib, qolgan
1888 tasini joriy yilda yakunlash choralari ko‘rilmoqda. 


Xorazm viloyatida 2016 yilda namunaviy uy-joylar qurilishi to‘g‘risida

MA’LUMOT

O‘zbekiston Respublikasi bilan Saudiya taraqqiyot jamg‘armasi Direktorlari Kengashi o‘rtasida 2014 yilning 25 dekabrida ma’qullanib, 2015 yil 28 iyulda imzolangan 6/637 sonli kelishuviga asosan Saudiya taraqqiyot jamg‘armasi 2016 yilda Xorazm viloyatida namunaviy loyihalar asosida yakka tartibdagi 959 ta uy-joy qurilishining 45 foizini moliyalashtirilishini o‘z zimmasiga olgan.

Ushbu kelishuv bo‘yicha Saudiya taraqqiyot jamg‘armasi tomonidan 112,5 million Saudiya riali (30,0 million AQSh dollari) miqdorida mablag‘20 yil muddatga, 5 yillik imtiyozli davr bilan ajratilishi, O‘zbekiston Respublikasi tomoni esa massivlarga elektr va gaz tarmoqlarini tortish, suv tizimi, kirish va ichki yo‘llarni, bozor ijtimoiy tuzilma ob’ektlarini qurishni tashkil etishi belgilangan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 29 yanvardagi "2016 yilda uy-joy massivlariqurilishi dasturi hamda qishloq joylarda namunaviy loyihalar bo‘yicha yakka tartibda uy-joylar qurilishi industrial bazasini yanada rivojlantirish va mahalliylashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Pq-2483-son qarori qabul qilindi. Qarorga asosan 2016 yilda Xorazm viloyatida 20 ta massivda 959 ta uy-joylar qurilishi belgilangan.

qarorning bajarilishini ta’minlash maqsadida matbuotda e’lon berilib, uy-joylarni qurish bo‘yicha o‘tkazilgan tender savdolarida g‘olib bo‘lgan 48 ta pudrat tashkilotlari bilan 959 ta uy-joylarni qurish bo‘yicha shartnomalar imzolandi. Bugungi kunda rejalashtirilgan barcha 959 ta uy-joylar qurilib foydalanishga topshirildi.

Pudrat tashkilotlariga shartnomalarga asosan Saudiya taraqqiyot jamg‘armasi tomonidan 959 ta uy-joylarning qurilish-montaj ishlari bosqichma-bosqich, o‘z muddatlarida moliyalashtirilib berildi.

Ushbu qurilayotgan uylarning loyihalashtirilishi, uning sifati xalqimizga ma’qul bo‘layotganligi sababli, uy-joylarga bo‘lgan talab kundan kunga ortib bormoqda.

 


 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Qarori

"Xorazm viloyatining obodonchilik va aholi suv ta’minotini tubdan yaxshilash, Urganch shahar bosh rejasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”

2012 yil 6 dekabr, PQ-1874

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Qarori

"Xorazm viloyatini 2013-2015 yillarda sanoat salohiyatini rivojlantirish Dasturi to‘g‘risida”

2012 yil 22 noyabr, PQ-1856

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Qarori

"2013-2015 yillarda Xorazm viloyatida turizm sohasini rivojlantirish Dasturi to‘g‘risida”

2013 yil 20 mart, PQ-1940