Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Белгиланган матнни тинглаш учун ушбу тугмани босинг Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-06
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    Prezidentimizning “2013-2015 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi tarixiy qaroridan keyin amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.


Horijiy va xalqaro hamkorlik aloqalari

OROL MASALALARI ECHIMI BO‘YIChA HAMKORLIK
20.09.2016
 
Orol muammosi ekologik, ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari jihatidan XXI asrdagi eng katta falokatlardan biri deb hisoblanmoqda. Bu  muammoning umumbashariy tusda ekanligini inobatga olib, O‘zbekiston BMTning Orol bo‘yicha maxsus komissiyasini tuzish, shu muammo bo‘yicha BMT rahbarligidagi xalqaro konferentsiya o‘tkazish tashabbuskori  bo‘ldi.

1993 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov BMT Bosh Assambleyasining 48-sessiyasida so‘zga chiqib, dunyo hamjamiyati diqqat-eotiborini Orol dengizi fojiasiga qaratdi. Yurtboshimiz Orol muammosi nafaqat O‘zbekiston yoki Markaziy Osiyo, balki butun dunyo miqyosidagi global     muammo ekanligini alohida ta’kidladi. Bundan tashqari, 1995 yil 24 oktyabrda Davlatimiz rahbari BMT tuzilganligining ellik yilligi munosabati bilan Bosh Assambleyaning maxsus yig‘ilishida ham Orol dengizining qurishi bilan bog‘liq ekologik fojia, butun er yuzini qamrab oladigan biosfera, o‘n millionlab kishilarning hayot sharoiti, salomatligi va nasliga halokatli ta’sir ko‘rsatuvchi muammo ekanligiga alohida to‘xtalib, uni xalqaro tashkilotlar, jumladan, BMTning tashkilotchilik faoliyatisiz hal etish mumkin emasligini ta’kidlagan edi.

06.05.2015
2015 yilda viloyat tashqi savdo aylanmasi 266,1 mln. dollarni tashkil qildi. Shundan eksport hajmi 159,0 mln. dollarga (umumiy tashqi savdo aylanmasi hajmida 59,7%), import hajmi 107,1mln. dollarga (40,3%) teng bo‘ldi.
Viloyat eksportining 103,1 mln. dollar uzoq xorij va Boltiqbo‘yi davlatlari hissasiga, 55,9 mln. dollari MDH davlatlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Viloyat importi 107,1 mln. dollarni tashkil qilgan. Shundan Uzoq xorij va Boltiqbo‘yi davlatlaridan 76,8 mln. dollarlik, MDH davlatlaridan  30,2 mln. dollarlik mahsulot xarid qilingan.



Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi
25.04.2016
Hozirga qadar viloyatdagi kasodga uchragan 22 ta korxonaga 21 milliard so‘mdan ziyod investitsiya yo‘naltirilib,  ularda raqobatdosh mahsulotlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi.  Shu asosda 2 mingga yaqin ish o‘rni qayta tiklangani,  jumladan,  Hazorasp ip-yigiruv fabrikasi,  "Unixo” qo‘shma korxonasi,  "Hazorasp gilamlari” kabi 12 ta korxonaning ishlab chiqarish quvvati modernizatsiya qilingani e’tiborga molik.
Engil sanoat sohasi rivojlanishida "Bog‘ot tekstil”,  "Kottonteks”,  "Darital tekstil”,  "Jilasun”,  "Koboteks” va "O‘zteks Shovot” kabi korxonalarning hissasi katta bo‘lmoqda.


Sanoatimiz ravnaqining amaliy ifodasi
02.02.2016
Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida ishlab chiqilgan "o‘zbek modeli” asosida izchil amalga oshirilayotgan islohotlar tufayli iqtisodiyotimizda barqaror o‘sish sur’atlari ta’minlanmoqda. Yurtimizning iqtisodiy salohiyatini yuksaltirishda g‘oyat muhim ahamiyatga ega bo‘lgan ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik yangilash, zamonaviy korxonalarni ishga tushirish jarayoni esa jadal davom ettirilayapti. Bunda xorij sarmoyadorlariga qulay investitsiya muhiti yaratib berilayotgani, ayniqsa, diqqatga sazovordir.
 


28.01.2016
Urganch shahridagi "Darital tekstil” mas’uliyati cheklangan jamiyatda 1 million 301 ming AQSh dollari miqdorida modernizatsiya tadbirlari amalga oshirildi. 
Xorijdan keltirib o‘rnatilgan zamonaviy texnologiya korxona quvvatini ikki barobarga oshirish imkonini berdi.  Bu bilan yiliga 2 ming tonna paxta tolasini qayta ishlash uchun puxta zamin yaratildi. 
Korxonaga o‘rnatilgan yangi texnologiya bozor iqtisodiyotining asosiy talablaridan biri bo‘lib,  elektr quvvatini tejashi,  ish unumdorligini oshirishi,  mahsulot sifatini yaxshilashi bilan ham muhim ahamiyat kasb etdi.