Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Белгиланган матнни тинглаш учун ушбу тугмани босинг Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-06
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    Prezidentimizning “2013-2015 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi tarixiy qaroridan keyin amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.


Muxbirlarni akkreditatsiya qilish
TARTIBI

Muxbirlarni akkreditatsiya qilish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 23 noyabrdagi "O‘zbekiston respublikasi ommaviy axborot vositalari vakillarini davlat hokimiyati organlari huzurida akkreditatsiya qilish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 243-son qarori bilan tasdiqlangan "O‘zbekiston Respublikasi ommaviy axborot vositalari vakillarini davlat hokimiyati organlari huzurida akkreditatsiya qilish tartibi to‘g‘risidagi Nizom”ga asosan amalga oshiriladi.

Muxbirlarni akkreditatsiya qilish tartibi va sxemasi quyidagicha.

1. Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.19.00 Ommaviy axborot vositalari (radio, televidenie va boshqalar)

2. Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ommaviy axborot vositalari. Noshirlik faoliyati.

 

Muxbirlarni akkreditatsiya qilish tartibi

1. Akkreditatsiya qiladigan organlar huzurida ommaviy axborot vositasi muxbirini akkreditatsiya qilish uchun tahririyat o‘zining rasmiy blankasida bosh muharririning imzosi qo‘yilgan, muhr bilan tasdiqlangan buyurtmanoma taqdim etadi.

2. Tahririyatning buyurtmanomasida quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:

ommaviy axborot vositasining nomi va turi;

ixtisoslashuvi;

tarqalish hududi;

elektron pochta manzili;

tahririyatning telefonlari va fakslari raqamlari;

akkreditatsiyaga taqdim etilgan muxbirning familiyasi, ismi va otasining ismi;

kasb vazifalarini bajarish uchun ushbu muxbir o‘zi bilan birga olib yurishi zarur bo‘lgan apparatlar.

Buyurtmanomaga batafsil ma’lumotlar (muxbirning xizmat mavqei, pasportiga oid ma’lumotlar, diplomi nusxasi, elektron pochta manzili, telefon va faks raqami) mavjud bo‘lgan ma’lumotnoma hamda belgilangan shakldagi to‘rtta fotosurat ilova qilinadi.

3. Muxbirni akkreditatsiya qilish to‘g‘risidagi buyurtmanoma akkreditatsiya qiladigan organ tomonidan tegishli murojaat olingan kundan boshlab bir oy mobaynida ko‘rib chiqiladi.

4. Akkreditatsiya qilinadigan muxbirlar soni tahririyat tomonidan akkreditatsiya qiluvchi organ bilan birgalikda belgilanadi.

5. Akkreditatsiya tartiboti quyidagi asosiy tadbirlardan iborat bo‘ladi:

buyurtmanomani va taqdim etilgan hujjatlarni ko‘rib chiqish;

muxbirlarni attestatsiyadan o‘tkazish;

akkreditatsiya qilish to‘g‘risida yoki akkreditatsiya qilishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilish, akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnomani rasmiylashtirish va berish.

6.Ommaviy axborot vositasi tahririyati tomonidan taqdim etilgan buyurtmanomalar va hujjatlarni ko‘rib chiqishni akkreditatsiya qiluvchi organ tuzadigan ekspert guruhi amalga oshiradi. Hujjatlarni ko‘rib chiqish natijalari ariza tushgan paytdan boshlab o‘n kun muddatda ekspert xulosasi bilan rasmiylashtiriladi.

7.Attestatsiyani akkreditatsiya qiluvchi organ tomonidan rasmiy ravishda tuziladigan komissiya o‘tkazadi. Komissiya tarkibi va attestatsiyani o‘tkazish muddatlari tahririyat bilan kelishilishi kerak. Tahririyat komissiyaning ayrim a’zolari ishtirok etishi va attestatsiya o‘tkazilishi muddatlari yuzasidan e’tiroz sabablarini asoslagan holda taklif bildirishga haqlidir.

Komissiya attestatsiyani akkreditatsiya qiluvchi organ tasdiqlagan dasturga muvofiq o‘tkazadi. Muxbirning kasbiy sifatlari va layoqatini tavsiflash bo‘yicha taqdim etilgan hujjatlarni ko‘rib chiqish natijalari to‘g‘risidagi ekspert xulosasi, shuningdek ekspertiza va attestatsiya jarayonida olingan boshqa axborotlar attestatsiya komissiyasining qaror qabul qilishi uchun asos hisoblanadi. Attestatsiya natijalari attestatsiya dalolatnomasi bilan rasmiylashtiriladi.

8.Akkreditatsiya qiluvchi organ attestatsiya dalolatnomasini ko‘rib chiqish natijalari asosida muxbirni akkreditatsiya qilish yoki akkreditatsiya qilishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.

Ommaviy axborot vositalari muxbirlarini akkreditatsiya qilish to‘g‘risidagi buyurtmanoma mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxemaga binoan ko‘rib chiqiladi.

9. Ijobiy qaror chiqarilgan taqdirda akkreditatsiya qiluvchi organ qaror qabul qilingandan keyin bir hafta muddatda mazkur Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi ommaviy axborot vositasi muxbirini akkreditatsiya qilish to‘g‘risidagi guvohnomani rasmiylashtiradi va beradi.

10. Akkreditatsiya qiluvchi organ akkreditatsiya qilingan muxbirga 2 yilgacha muddatda amal qiladigan akkreditatsiya to‘g‘risida guvohnoma beradi.

Akkreditatsiya qilish to‘g‘risidagi guvohnoma akkreditatsiya qiluvchi organ reestrida ro‘yxatdan o‘tkazilgan sanadan boshlab amal qiladi.

11. Akkreditatsiyaga taalluqli barcha hujjatlar (buyurtmanomalar, qarorlar, dalolatnomalar, akkreditatsiya qilish to‘g‘risidagi guvohnoma va shu kabilar) davlat tilida rasmiylashtiriladi.

12. Akkreditatsiya qiluvchi organ O‘zbekiston Respublikasining tegishli qonunlari yoki mazkur Nizom asosida jurnalistni akkreditatsiya qilishni rad etishi mumkin. Akkreditatsiya qiluvchi organ bunday qarorning sabablari to‘g‘risida uch kun muddatda ommaviy axborot vositasi tahririyatini yozma shaklda xabardor qiladi.

13. Zarur hollarda davlat hokimiyati organlari huzurida vaqtinchalik yoxud doimiy muxbirlik punktlari tashkil etilishi mumkin.