Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Белгиланган матнни тинглаш учун ушбу тугмани босинг Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-06
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    Prezidentimizning “2013-2015 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi tarixiy qaroridan keyin amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.


Tuman hokimligi  ish yuritish bo‘linmasining 

N I Z O M I

I Umumiy  qoidalar.

Ish yuritish bo‘linmasi hokimlikning mustaqil strukturaviy bo‘limi  bo‘lib,  quyidagi Nizom asosida ish yuritadi va o‘z faoliyatida tuman hokimiga bo‘ysunadi.
Ish yuritish bo‘linmasi ish yuritishda  O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi  tomonidan tasdiqlangan viloyat, shahar va tumanlar hokimliklari  apparatlarida ish yuritish Yuriqnomasiga, Asosiy   qoidalariga va viloyat hokimligining boshqa normativ  xujjatlariga asoslanadi.

II Ish yuritish bo‘linmasining asosiy vazifalari

1.Tuman  hokimligi apparatida to‘g‘ri, aniq va sifatli ish yuritishni ta’minlash:
2. Hokimlik ish yuritish bo‘linmasi, rahbariyatning ko‘rsatmasiga asosan o‘rnatilgan tartib asosida tuman hokimligiga kelgan  O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmon, farmoyish va topshiriqlarini, Oliy Majlis qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qaror, farmoyish va boshqa xujjatlarini apparat xodimlariga tanishtirish, hokimlikka yangi qabul  qilingan xodimlarni hokimiyat strukturasi, ish yuritish Yuriqnomalari, xujjatlarning bajarilish ijrosini  tekshirishni nazoratga olish va ularning asosiy qoidalari bilan tanishtirish.
3.O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 5-maydagi 239-33 sonli “O‘zbekiston Respublikasida maxfiylik rejimini ta’minlash to‘g‘risida”gi qarori bilan qabul qilingan Yuriqnoma talablari asosida tuman hokimligi apparatida maxfiy xujjatlar bilan ish yuritishni tashkil qiladi va ta’minlaydi(tuman hokimligi apparatida maxfiylik rejimini ta’minlash xaqida alohida ishlab chiqilgan Yuriqnoma va Nizomga asosan). 
4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 12-yanvardagi   12-sonli «Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi va 1999-yil  29-martdagi  140-sonli  qarori bilan tasdiqlangan Yuriqnoma asosida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, farmoyishlari, topshiriqli bayonnomalari, yozma va og‘zaki   topshiriqlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti  Kotibiyati topshiriqlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslaxatchilarining topshiriqlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari, majlislari bayonlari va ro‘yxati Ish yuritish bo‘yicha Yuriqnomada  bo‘lgan boshqa xujjatlar qat’iy  hisobga olinishi, ularni maxsus daftarlarda va xisobga olish 1a, 1b va 2a, 2b nazorat kartochkalarida ro‘yxatdan o‘tkazilishini ta’minlaydi. Nazoratga olingan xujjatlarga «Nazoratga olindi» shtampini qo‘yadi va ularning ijrosini nazorat qilish uchun o‘rnatilgan tartibda ish olib boradi.
5. Hokimlik va uning apparati tashkil qilingandan keyingi xujjatlarning, yig‘ma jildlarning saqlanishi va ulardan foydalanishni ta’minlash.
6. Bo‘lim va  guruhlarda Yuriqnomalar talablari asosida ish yuritishni nazorat qilish va ish yuritishga metodik  rahbarlik qilish.

III  Ish yuritish bo‘linmasi o‘zining asosiy  vazifalariga muvofiq

 -hokimlik apparatida Yuriqnomalar  talablari asosida  xujjatlar bilan ishlash, ish yuritishni  nazorat qilish masalalariga metodik rahbarlik qiladi, hamda Ish yuritishni  takomillashtirish tadbirlarini ishlab chiqadi va uni amalga oshiradi.
-hokim tomonidan qabul qilingan qaror va farmoyishlarni, o‘tkazilgan yig‘ilish qarorlarini, bayonnomalarini ro‘yxatdan o‘tkazadi, ko‘rsatkich varaqalari asosida tuman hokimligi bo‘limlariga, korxona va tashkilotlariga yuboradi; 
-yig‘ilishda ko‘rilayotgan masalalalarning xujjatlarini, uning bayonnomalarini tayyorlashda tarmoq kompleksi mas’ul xodimlariga ko‘maklashadilar;
-yig‘ilishning ish xujjatlarini  tez va sifatli (kompyuterda) yozishni ta’minlaydi;
-kelib tushgan xujjatlarni qabul qiladi,  ro‘yxatdan o‘tkazadi, kerakli shaxslarga etkazadi, chiqqan xujjatlarni  ro‘yxatdan o‘tkazadi va jo‘natadi;
-bo‘lim va guruhlarda xujjatlar  yig‘ma jildlari nomenklaturasini aniqlaydi va tuman hokimligi xujjatlar yig‘ma jildlari nomenklaturasini tuzadi, ularga rioya qilinishini nazorat qilib boradi;
- tuman  hokimligida, uning bo‘lim va guruhlarida xujjatlarning maxfiylik rejimini  ta’minlaydi;
-tugallangan xujjatlar yig‘ma jildlari 2 yil mobaynida ma’lumotnoma ishlari uchun hokimlik  xizmatlarida, 10 yil joriy  arxivda sungra doimiy saqlanish uchun arxivga topshiriladi;
-hokimlik apparati xodimlari bilan ish yuritish bo‘yicha instruktaj o‘tkazadi, seminarlar  tashkil qiladi va yangi qabul qilingan xodimlarga xujjatlar bilan ishlashni tanishtiradi;
-xujjatlarning bajarilishini nazorat qiladi ular haqida yil davomida viloyat  hokimligiga  xaftalik, yarim yillik va yillik analitik hisobotlar tayyorlaydi, kompleks rahbarlarini tanishtiradi.

IV Ish yuritish bo‘linmasi  xodimlarining asosiy xuquq vazifalari

I Ish yuritish bo‘linmasi  xodimlari mos ravishda  funktsional vazifalarning taqsimlanishiga asosan quyidagi xuquqlarga ega:
-funktsional vazifalar taqsimlanishi  bo‘yicha (shu vazifalar bo‘yicha unga  tegishli masalalar ko‘rilayotgan bo‘lsa) hokimlik yig‘ilishlarida qatnashish;
-ish yuritish bo‘linmasiga  yoki unga  topshirilgan vazifalar bo‘yicha  masalalar ko‘rilayotgan bo‘lsa hokimlik yig‘ilishlarida qatnashish;
-umumiy bo‘limga taalluqli masalalar bo‘yicha xokimlik yig‘ilishlariga  takliflar kiritish;
-hokimlik  apparatining barcha bo‘lim va guruhlarida  xujjatlar bilan ishlashda normativ qoidalarga qattiq amal qilishni talab qilish;
-hokimlik apparati majmualari  va guruhlarida ish yuritishning to‘g‘ri  yoki  noto‘g‘riligini  tekshirib borish, tekshirish natijalari bo‘yicha  tegishli xujjatlar bilan tanishtirish;
-rahbariyatning topshirig‘ini  bajarish uchun ish yuritish bo‘linmasi  xodimlari  apparat  bo‘lim va guruhlaridan,  boshqarma va  korxonalardan, tuman hokimligi uchun  kerakli ma’lumot va xujjatlarni surab olish.

V Ish yuritish bo‘linmasini  tuman  hokimi tomonidan tayinlangan  ish yuritish bo‘linmasi  boshlig‘i boshqaradi.