Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Белгиланган матнни тинглаш учун ушбу тугмани босинг Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-06
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    Prezidentimizning “2013-2015 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi tarixiy qaroridan keyin amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.


Internet tarmog‘ida viloyat hokimligining veb-saytiga
joylashtiriladigan axborotlar
RO‘YXATI

 

 

1.1. Viloyat hokimliginingrasmiy saytiga joylashtirilishi majburiy bo‘lgan axborotlarga quyidagilar kiradi:

a) viloyat hokimligining huquqiy maqomini, shu jumladan viloyat hokimligining, uning bo‘linmalari va idoraviy mansub tashkilotlarining tashkiliy tuzilmasi, funktsiyalari va vazifalarini belgilaydigan normativ-huquqiy hujjatlar;

b) viloyat hokimligi tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar;

v) viloyat hokimligining normativ-huquqiy hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risidagi ma’lumotlar;

g) viloyat hokimligi faoliyati sohasida qabul qilingan dasturlar to‘g‘risidagi umumiy ma’lumotlar (nomi, maqsadi, asosiy vazifalari, buyurtmachilari, bosh ijrochilari, amalga oshirish muddatlari va kutilayotgan natijalar);

d) viloyat hokimligi tomonidan o‘tkaziladigan tadbirlar (majlislar, yig‘ilishlar, uchrashuvlar, matbuot konferentsiyalari, seminarlar va brifinglar, «davra suhbatlari», rasmiy tashriflar) to‘g‘risidagi ma’lumotlar, viloyat hokimligining kundalik faoliyati to‘g‘risidagi boshqa axborotlar;

e) viloyat hokimligining davlat organlari, yuridik va jismoniy shaxslar, shuningdek xorijiy va xalqaro tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;

j) amalga oshirilishida viloyat hokimligi ishtirok etadigan xalqaro shartnomalar to‘g‘risidagi axborotlar;

z) viloyat hokimligi faoliyati sohasiga kiradigan tarmoqning ahvolini, shu jumladan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish hamda uning rivojlanish dinamikasini tavsiflaydigan asosiy ko‘rsatkichlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar;

i) bo‘sh ish o‘rinlari va ishga qabul qilish shartlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar;

k) rasmiy saytning axborot materiallaridan foydalanishda unga havolalar majburiy ko‘rsatilishi to‘g‘risidagi talab;

l) viloyat hokimligini rasmiy saytda joylashtirishni zarur deb hisoblaydigan umumiy foydalaniladigan boshqa axborotlar va ma’lumotlar.

1.2.Viloyat hokimligi tomonidan rasmiy sayt orqali ko‘rsatiladigan bazaviy axborot xizmatlari ro‘yxatiga quyidagilar majburiy tartibda taqdim etiladi:

a) viloyat hokimligi rahbarlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar (familiyasi, ismi, otasining ismi, biografik ma’lumotlar va ular bilan bog‘lanish ma’lumotlari, fuqarolarni qabul qilish kunlari);

b) viloyat hokimligining fuqarolar murojaatlari bilan ishlash bo‘linmalarining telefon raqamlari va manzil rekvizitlari (pochta, elektron manzili va boshqalar), ularning ish tartibi to‘g‘risidagi ma’lumotlar, ma’lumotlar berish xizmati va ishonch telefonlarining raqamlari;

v) viloyat hokimligi tomonidan qabul qilinadigan arizalar, blankalar va statistik hisobotlar shakllari;

g) fuqarolarning arizalari, shikoyatlari va boshqa murojaatlarini qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi axborotlar;

d) viloyat hokimligi faoliyati to‘g‘risidagi tahliliy ma’ruzalar va axborot tusidagi sharhlar;

e) viloyat hokimligi rahbarlarining rasmiy nutqlari va bayonotlari matnlari;

j) viloyat hokimligining rasmiy statistik axborotlari;

z) boshqa tegishli saytlarga havolalar;

i) elektron-raqamli imzo qo‘llanishiga ko‘ra yuridik va jismoniy shaxslardan hisobotlar, xatlar, arizalar, shikoyatlar va boshqa shakldagi murojaatlarni qabul qilish imkoniyati.

1.3. Rasmiy saytda boshqa manbalardan axborotlarni joylashtirishga faqat axborot manbai ko‘rsatilgan taqdirda yo‘l qo‘yiladi.