Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Белгиланган матнни тинглаш учун ушбу тугмани босинг Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-06
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    Prezidentimizning “2013-2015 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi tarixiy qaroridan keyin amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.


Viloyat hokimligida maxfiy axborotlar ro‘yxatini tasdiqlash haqida

O‘zbekiston Respublikasining «Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida»gi Qonuni hamda Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 6 noyabrdagi 320-son «Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qoidalarini amalga oshirishga yo‘naltirilgan kompleks chora-tadbirlar ko‘rish to‘g‘risida»gi qaroriga, shuningdekO‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi Bosh direktorining2016 yil 22 fevraldagi19-m/h-sonli buyrug‘iga muvofiq:

1. Axborot xavfsizligini ta’minlash maqsadida ilovada ko‘rsatilgan yo‘nalishlardagi ma’lumotlar Xorazm viloyati hokimligida maxfiy axborotlar hisoblansin.

2. Ushbu farmoyish ijrosini nazorat qilish viloyat hokimining o‘rinbosari M.Sapaev zimmasiga yuklatilsin. 

Viloyat hokimi P.Bobojonov


Xorazm viloyati hokimining 
2016 yil, 22 noyabrdagi,
173f - sonli farmoyishiga

ILOVA

Xorazm viloyati hokimligida maxfiy axborotlar to‘g‘risida 

1. Jismoniy shaxslarning shaxsiy ma’lumotlari to‘g‘risidagi axborotlar.

2. Jismoniy shaxsning shaxsiy hayoti to‘g‘risidagi axborotlar, shuningdek, uning shaxsiy hayoti sirini ochuvchi axborotlar, qonun hujjatlarida belgilangan hollar bundan mustasno.

3. Axborot manbai yoki taxallus bilan imzo chekkan muallif to‘g‘risidagi axborotlar, qonun hujjatlarida belgilangan hollar bundan mustasno.

4. Yozishmalar, telefondagi so‘zlashuvlar, qonun hujjatlariga muvofiq axborot olish cheklangan telekommunikatsiyalar tarmoqlari orqali uzatiladigan pochta, telegraf xabarlari va boshqa xabarlar siri to‘g‘risidagi axborotlar.

5. Qonun hujjatlariga muvofiq axborot olish cheklangan tergov va sud yurituvi siri hisoblangan ma’lumotlar.

6. Qonun hujjatlariga muvofiq axborot egasi axborot olishni cheklagan xizmatga doir ma’lumotlar.

7. Qonun hujjatlariga muvofiq axborot olish cheklangan tijorat siri hisoblangan ma’lumotlar.

8. Qonun hujjatlariga muvofiq axborot olish cheklangan bank siri, shaxsni sug‘urtalash va vasiyat siri.

9. Qonun hujjatlariga muvofiq axborot olish cheklangan (vrachlik siri, notarial harakatlar, advokatlik siri va boshqalar) kasb faoliyati bilan bog‘liq ma’lumotlar.

10. Ular haqidagi ma’lumotlar rasmiy tarzda e’lon qilingunga qadar ixtiro, foydali model yoki sanoat namunasining mohiyati to‘g‘risidagi ma’lumotlar.