Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Белгиланган матнни тинглаш учун ушбу тугмани босинг Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-06
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    Prezidentimizning “2013-2015 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi tarixiy qaroridan keyin amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.


AXBOROTDAN FOYDALANUVCHILARNING XORAZM VILOYATI HOKIMLIGINING OCHIQ HAY’AT MAJLISLARIDA HOZIR BO‘LISHI TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH TO‘G‘RISIDA

 O‘zbekiston Respublikasining «Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida»gi Qonuniga hamda Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 6 noyabrdagi 320-son «Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qoidalarini amalga oshirishga yo‘naltirilgan kompleks chora-tadbirlar ko‘rish to‘g‘risida»giqaroriga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligining2015 yil 25 noyabrdagi 140-mh-sonli qaroriga muvofiq, Xorazm viloyati hokimligi qaror qiladi:

1. Axborotdan foydalanuvchilarning Xorazm viloyati hokimligining ochiq hay’at majlislarida hozir bo‘lishi tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

2. Mazkur farmoyishning ijrosini nazorat qilish viloyat hokimining o‘rinbosari M.Sapaev zimmasiga yuklatilsin.

Xorazm viloyati hokimi P.Bobojonov


Xorazm viloyati hokimining

2016 yil 17 noyabrdagi
171f-sonli farmoyishiga ilova

Axborotdan foydalanuvchilarning Xorazm viloyati ochiq hay’at majlislarida hozir bo‘lishi tartibi to‘g‘risidagi

NIZOM

Mazkur nizom «Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, axborotdan foydalanuvchilarning davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining ochiq hay’at majlislarida hozir bo‘lishi tartibini belgilaydi.

1-bob. Umumiy qoidalar

1. «Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 7-moddasiga asosan, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyati to‘g‘risida axborot izlashni amalga oshirayotgan jismoniy yoki yuridik shaxs axborotdan foydalanuvchi hisoblanadi.

2. Mazkur nizom talablari Xorazm viloyati hokimligi tomonidan ochiq hay’at majlisida ishtirok etish uchun taklif etilgan shaxslarga nisbatan tatbiq etilmaydi.

3. Xorazm viloyati hokimligininghay’at majlislari ochiq tarzda o‘tkaziladi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.

5. Xorazm viloyati hokimligi axborotdan foydalanuvchilarning tanishib chiqishlari uchun binoning hamma kirishi mumkin bo‘lgan xonalarida va (yoki) maxsus ajratilgan joylarida ochiq hay’at majlislarini o‘tkazish rejalari, shu jumladan majlislarning kun tartibi loyihalari, ular o‘tkaziladigan sana, joy va vaqt hamda boshqa zarur axborotlar axborot stendlari va (yoki) shunday maqsad uchun mo‘ljallangan texnik vositalarga majlis o‘tkazilishidan kamida uch kun oldin joylashtirishlari shart.

2-bob. Axborotdan foydalanuvchilarning ochiq hay’at majlislarida hozir bo‘lishi

6. Axborotdan foydalanuvchi Xorazm viloyati hokimligining ochiq hay’at majlislarida hozir bo‘lish uchun Xorazm viloyati hokimligiga so‘rov bilan murojaat qiladi. So‘rov «Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 20-moddasida belgilangan talablarga muvofiq rasmiylashtirilishi lozim.

Axborotdan foydalanuvchining identifikatsiyalash imkoniyatini beradigan ma’lumotlar ko‘rsatilmagan so‘rovlar anonim hisoblanadi va ko‘rib chiqilmaydi.

7. So‘rov kelib tushgan kuni u Xorazm viloyati hokimligi tomonidan alohida maxsus jurnalda ro‘yxatga olinadi va zudlik bilan ko‘rib chiqiladi. Mazkur jurnal hay’at mas’ul kotibi tomonidan yuritiladi.

8. So‘rovga asosan hay’at mas’ul kotibi axborotdan foydalanuvchini ochiq hay’at majlisida ishtirok etuvchilar ro‘yxatiga kiritadi hamda bu haqda axborotdan foydalanuvchiga ma’lum qiladi. Ochiq hay’at majlisining o‘tkazilish sanasi, vaqti yoki joyi o‘zgargan taqdirda, bu haqda axborotdan foydalanuvchiga ma’lum qilinadi.

9. Axborotdan foydalanuvchilar ochiq hay’at majlisiga shaxsini tasdiqlovchi hujjati asosida kiritiladi.

10. Axborotdan foydalanuvchi ochiq hay’at majlisiga kelmagan taqdirda, hay’at mas’ul kotibi tomonidan bu haqda maxsus jurnalga yozib qo‘yiladi.

11. Xorazm viloyati hokimligi mavjud imkoniyatlaridan hamda axborotdan foydalanuvchilar sonidan kelib chiqib, ochiq hay’at majlisi o‘tkaziladigan zalda axborotdan foydalanuvchilar uchun joy tayyorlaydi. Axborotdan foydalanuvchilar ochiq hay’at majlisi o‘tkaziladigan zalga maxsus jurnaldagi qayd etish ketma-ketligi asosida joylashtiriladi.

Axborotdan foydalanuvchilar sonining ko‘pligi sababli, ularni ochiq hay’at majlisi o‘tkazilayotgan zalga joylashtirish imkoni bo‘lmagan taqdirda, ular ochiq hay’at majlisining borishini video tasvir orqali moneliksiz kuzatib borishlari mumkin bo‘lgan xonaga joylashtirilishi mumkin.

12. Xorazm viloyati hokimligi tomonidan axborotdan foydalanuvchilar ochiq hay’at majlisining borishini video tasvir orqali moneliksiz kuzatib borishlari mumkin bo‘lgan alohida xona jihozlab qo‘yiladi.

13. Axborotdan foydalanuvchilar ochiq hay’at majlisi boshlangunga qadar belgilangan joyga etib kelishi, ro‘yxatdan o‘tishi va belgilangan joyga o‘tirishi lozim. Axborotdan foydalanuvchilar raislik qiluvchi tomonidan majlis boshlanganligi e’lon qilingandan so‘ng kelgan taqdirda, kechikib kelgan hisoblanadi va hay’at majlisiga qo‘yilmaydi.

14. Axborotdan foydalanuvchi Xorazm viloyati hokimligi tomonidan tasdiqlangan ochiq hay’at majlisining reglamentida belgilangan tartibda majlisda hay’at a’zolariga savollar bilan murojaat qilish huquqiga ega.

15. Axborotdan foydalanuvchi tomonidan hay’at majlislari davomida hay’at majlisi muhokamasiga taalluqli bo‘lmagan va ushbu majlisda muhokama qilinmagan masalalar bo‘yicha fikr-mulohazalar bildirilgan yoki savollar bilan murojaat etilgan taqdirda, unga mazkur masala bo‘yicha axborot olish tartibi tushuntiriladi.

16. Axborotdan foydalanuvchi hay’at majlisi o‘tkazilayotgan vaqtda tartibni buzmasligi shart. Axborotdan foydalanuvchi majlis o‘tkazilayotgan vaqtda tartibni buzgan taqdirda, raislik qiluvchi tomonidan ogohlantiriladi.

Axborotdan foydalanuvchi tartibni takroran buzgan taqdirda, u raislik qiluvchi tomonidan majlis o‘tkazilayotgan zaldan chiqarib yuboriladi. Mazkur holat yuzasidan hay’at mas’ul kotibi dalolatnoma tuzadi va dalolatnoma raislik qiluvchi tomonidan imzolanadi.

17. Axborotdan foydalanuvchilarga ochiq hay’at majlisini fotosuratga, video tasvirga olishga, ovoz yozish vositalaridan foydalanishga ruxsat berilmaydi.

18. Hay’at majlisi bayonnomasida ochiq hay’at majlislarida hozir bo‘lgan axborotdan foydalanuvchilarning ishtiroki haqida tegishli ma’lumotlar ko‘rsatilishi lozim.

3-bob. Yakuniy qoida

19. Mazkur nizom O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligining 2015 yil 25 noyabrdagi 140-mh-sonli qarori bilan tasdiqlangan namunaviy Nizomga muvofiq ishlab chiqilgan