Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Белгиланган матнни тинглаш учун ушбу тугмани босинг Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-06
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    Prezidentimizning “2013-2015 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi tarixiy qaroridan keyin amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.


TADBIRLAR

Xorazm viloyatida 2016 yilgi qishloq xo‘jaligi yili yakunlariga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda viloyatning turli tumanlaridan kelgan dehqon va fermerlar, bog‘bonlar, chorvadorlar ishtirok etdilar.
Viloyat hokimi P.Bobojonov tadbirni ochar ekan 2016 yil xorazmlik dehqonlar uchun muvaffaqiyatli yakunganini alohida ta’kidladi.
Paxtachilik, pillachilik, g‘allachilik, bog‘dorchilik va uzumchilik, chorvachilikda, umuman qishloq xo‘jaligining barcha sohalarida ko‘zlangan marralarga erishildi.
Fermerlar paxta xom-ashyosi sotish bo‘yicha tuzilgan kontraktatsiya shartnomalarida ko‘zda tutilganidan 30 ming tonna ko‘p xom – ashyo yig‘ib oldilar. Viloyatda hosildorlik gektar boshiga 31 tsentnerga teng bo‘ldi. Paxtachilik sohasida faoliyat yuritayotgan fermerlar olgan daromad 350 mlrd.so‘mni tashkil etdi.
 Fayl ko'rinishida yuklab olish (45 kb) 19 dekabr 2016 

Milliy manfaatlar har narsadan ustun

O‘zbekiston "Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Sarvar Otamuratovning Saylovoldi dasturi bilan saylovchilar yaqindan tanishib chiqmoqdalar.
Shuningdek, nomzodning ishonchli vakili M.To‘raboyeva Xorazm viloyati shahar va tumanlarida saylovchilarga nomzodning Saylovoldi dasturida belgilangan maqsad va vazifalarning mazmun-mohiyati, ularning mamlakatimiz taraqqiyotidagi ahamiyati haqida yanada keng tushunchalar bermoqda.
Joylarda bo‘lib o‘tayotgan uchrashuvlarda saylovchilar Saylovoldi dasturida milliy o‘zlikni anglash, milliy g‘urur va qadr-qimmat tuyg‘usini mustahkamlash, milliy iqtisodiyotni rivojlantirish, aholi turmush sifati, darajasi va farovonligini oshirish bo‘yicha Davlat dasturlarini qabul qilish hamda kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish kabi masalalar belgilanganligini alohida e’tirof etmoqdalar.

 

 Fayl ko'rinishida yuklab olish (52 kb) 29 noyabr 2016


O‘quv-amaliy seminarni viloyat hokimining o‘rinbosari R.Ro‘zmetov kirish so‘zi bilan ochib, keyingi yillarda sohada olib borilayotgan ishlar, erishilgan yutuqlarga to‘xtalib o‘tdi.
So‘zni "Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi direktori o‘rinbosari P.Xaliulin davom qildirib, bugungi kunda joylarda AKTni rivojlantirish maqsadida kompyuterlashtirish markazlariga yaratilgan imkoniyatlar va ulardan foydalanish ahvoli to‘g‘risida gapirdi.
 Fayl ko'rinishida yuklab olish (39 kb) 11 oktaybr 2015

JASORAT, BURCH VA MATONAT

An’anaga ko‘ra bu yil ham Xotira va qadrlash kuniga har tomonlama taraddud ko‘rildi. Prezidentimizning "1941-1945 yillardagi urush va mehnat fronti faxriylarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi, "1941-1945 yillardagi urush qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida”gi, "O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari 1941-1945 yillardagi urush va mehnat fronti faxriylarini "Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaning 70 yilligi” estalik yubiley medali bilan mukofotlash to‘g‘risida”gi farmonlarining qabul qilinishi mamlakatimiz faxriylariga beqiyos g‘amxo‘rlikning yana bir yorqin ifodasidir.

   Fayl ko'rinishida yuklab olish (14,2 kb)  13 may 2015 | Batafsil


Viloyat hokimligida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda joriy yilning birinchi choragida viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va Xorazmni rivojlantirishning 2015 yilgi eng muhim yo‘nalishlari muhokama qilindi. Yig‘ilganlar oldida viloyat hokimi P.Bobojonov ma’ruza qildi.
 Fayl ko'rinishida yuklab olish (14,5 kb)  4 may 2015 | Batafsil

Bugun O‘zbekistonning barcha hududlarida, jumladan Xorazm viloyatida ham olib borilayotgan qurilish va obodonlashtirish ishlari xalqimiz olqishiga sazavor bo‘lmoqda.  Ayniqsa, Prezidentimiz I.A.Karimov Qarorlari bilan tasdiqlangan Dasturga asosan Urganch shahrida amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar hatto chet ellik mehmonlarning ham havasini keltirmoqda. Ular bunyod etilayotgan imoratlarda zamonaviylik,  milliy, jumladan, Xorazm me’morchilik an’nalari mohirona uyg‘unlashtirilganligini qayd etmoqdalar.
 Fayl ko'rinishida yuklab olish (16,0 kb)  2 may 2015 | Batafsil

YOSHLAR TARBIYASIDA MILLIY QADRIYATLARIMIZ O‘RNI

Tarixdan yaxshi bilamizki, diniy bag‘rikenglik, turli millat va elatlarning o‘zaro tinch va totuv yashashi yurtimizga xos bo‘lgan fazilat, xalqimizning azaliy qadriyatlardan biridir. Xuddi ana shu hol IX – XII asrlarda Markazi Osiyodan bir qator titanik aql egalarining etishgib chiqishiga sabab bo‘ldi. Ulardan faqat Al – Xorazmmiy, Ibn Sino va Al Beruniylarni sanab o‘tishning o‘ziyoq o‘z vaqtida ajdodlarimiz erishgan kamolot cho‘qqisi haqida aniq tasavvur beradi. Amerikalik tadqiqotchi Frederik Starrning uqtirishicha "800-1100 yillar orasida markaziy osiyolik olim, san’atshunos va mutafakkirlar pleyadasi mintaqani dunyoning intellektual markaziga aylantirdi. Ularning ta’sir doirasi Sharqiy Osiyo va Hindistondan Evropa va Yaqin Sharqqacha taralgan edi”.
 Fayl ko'rinishida yuklab olish (18,0 kb)  1 may 2015 | Batafsil

PREZIDENT ASARIGA BAG‘ISHLANDI

O‘zbekiston Aloqa va axborotlashtirish agentligi Xorazm viloyat hududiy boshqarmasi, Xorazm viloyat axborot-kutubxona markazi, O‘zbekiston Xalq Demokratik partiyasi viloyat Kengashi va Urganch Davlat universiteti hamkorligida viloyat axborot-kutubxona markazida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning "O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida” kitobi mazmun-mohiyatini chuqur o‘rganish, uning mustaqillikni qadrlash, asrab-avaylash, mustaqkamlash va o‘zlikni anglashga da‘vat etuvchi tarixiy manba sifatidagi ahamiyatini keng targ‘ib etishga bag‘ishlangan amaliy konferentsiya bo‘lib o‘tdi. Konferentsiyada kitobxonlar, partiya faollari, tashkilot va korxonalarning rahbarlari va oliy o‘quv yurtlarining talabalari, yoshlar ishtirok etdilar.

   Fayl ko'rinishida yuklab olish (18,6 kb)  10 Dekabr 2014 | Batafsil

 

CHUQUR TAHLIL ASOSIDA...

Urganch shahar hokimligida viloyatimizdagi foydalanilmay turgan ob‘ektlar va faoliyat yuritmayotgan korxonalar negizida yangi ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish va savdo sohasi sub‘ektlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish borasidagi ishlar yuzasidan tashkil etilgan respublika ishchi guruhining o‘rganishlari natijalariga qaratilgan qo‘shma yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat hokimligi mas‘ullari, tuman va shahar hokimlari, korxona va tashkilotlar rahbarlari, viloyat prokuraturasi, adliya va soliq boshqarmalari, tadbirkorlar va ishbilarmonlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

  Fayl ko'rinishida yuklab olish (14,0 kb)  3 Dekabr 2014 | Batafsil
 

KUCHLI DAVLATDAN KUCHLI FUQAROLIK JAMIYATI SARI

Prezidentimizning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchllik palatasi va Senatining 2010 yil 12 noyabrda bo‘lib o‘tgan ko‘shma majlisidagi "Mamlakatimiada demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish kontseptsiyasi" mavzusidagi ma‘ruzasi faoliyatimizda dasturilamal bo‘lmoqda.

 Fayl ko'rinishida yuklab olish (17,1 kb)  15 Noyabr 2014 | Batafsil
 

BIRLASHISHDAN MAQSAD - FAOLIYATNI TAKOMILLASHTIRISH

Joriy yilning 21 oktyabr kuni bo‘lib o‘tgan "Urganch sharob” ochiq aktsiyadorlik jamiyati aktsiyadorlarining navbatdan tashqari yig‘ilishida "Parkent sharob” OAJni "Urganch sharob” OAJga birlashtirish va bu jarayon bilan bog‘liq tashkiliy ishlar kun tartibining asosiy masalalardan biri bo‘ldi.

 Fayl ko'rinishida yuklab olish (19,1 kb)  09 Noyabr 2014 | Batafsil