Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Белгиланган матнни тинглаш учун ушбу тугмани босинг Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-06
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    Prezidentimizning “2013-2015 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi tarixiy qaroridan keyin amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.


Viloyat hokimligi madaniyat va sport ishlari boshqarmasi

viloyat_hokimi_urinbosari_1

Boshqarma boshlig‘i:

Madaminov Shakir Narimanovich.


Manzil: Urganch sh. Al-Xorazmiy ko‘chasi 27 uy. 220100

Tel: (0362) 223-20-16

Faks: (0362) 223-20-12

E-mail: msib_xorezm@umail.uz

Veb sayt: www.xorazm.mcs.uz

Fuqorolarni qabul qilish kunlari:

Har haftaning seshanba, juma kunlari soat 11.00 dan 13.00 gacha viloyat hokimligi madaniyat va sport ishlari boshqarmasi binosi fuqarolarni qabul qilish xonasida.

 Boshqarma nizomi (83kb)


Boshqarmaning vazifalari va funksiyalari.

 Quyidagilar boshqarmaning asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari hisoblanadi:

- madaniyat va ommaviy sport sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish, xalqning boy madaniy merosiniqayta tiklash, asrlar davomida shaklllangan yuksak ma’naviyatni,

xalq an’analari va urf-odatlarini har tomonlama rivojlantirish, jismonan sog‘lom, ma’naviy jihatdan boy va uyg‘un kamol topgan shaxslarni tarbiyalash bo‘yicha kompleks chora tadbirlarni amalga oshirish;

-milliy istiqlol g‘oyasidan, o‘zbek xalqining madaniy va ma’rifiy, jismoniy tarbiya, sog‘lomlashtirish va ommaviy sport ishlarini amalga oshirish,odamlarning madaniy va estetik ehtiyojlarini yanada to‘laroq qondirish;

-teatr, musiqa, xoregrafiya, tasviriy san’at,tsirk, xalq amaliy va estrada san’atini yanada rivojlantirish, ularning g‘oyaviy-badiiy va ma’naviy saviyasini oshirish, xalq tarixining eng yorqin sahifalarini va uning hozirgi hayotini, mamlakatning erkin taraqqiyotini yoritib beradigan asarlar yaratishda ijodiy jamoalarga har tomonlama ko‘maklashish;

-madaniy-ommaviy va bayram tadbirlarining chuqur g‘oyaviy mazmun bilan boyiti

lishini ta’minlash, viloyatning ijodiy uyushmalari va jamoat tashkilotlari bilan yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, ijodkor yoshlarni izlab topish har tomonlama qo‘llab quvvatlash, ularning o‘z talant va is’tedodlarini to‘la namayon etishlari uchun zarur shart sharoitlar yaratish;

- jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirish axolini, birinchi navbatda yoshlar va bolalarni sport bilan shug‘ullanish zarurligini anglash ruxida tarbiyalash, ularga sog‘lomturmush tarzi va sportga muhabbat ishtiyoqini singdirish, yoshlarni mehnatga va respublika qurolli kuchlarida xizmat qilishga tayyorlash;

- Olimpiya o‘yinlarida, jahon va Osiyo chempionatlarida, xalqaro va mamlakat miqyosidagi musobaqalarda O‘zbekiston va viloyat sharafini munosib ximoya qiladigan va yuqori sport natijalariga erisha oladigan yuksak mahoratli sportchilarni tayyorlash uchun Olimpiya zahirasi muassasalarini qo‘llab-quvvatlash va zarur shart sharoitlar yaratish, jumladan, ularning moddiy texnika bazasini mustahkamlash;

-Respublikada bolalar sporti xarakatini rivojlantirishga ko‘maklashish;

-"Umid nihollari” ,”Barkamol avlod” va "Universiada” uzluksiz viloyat sport musobaqalarining uch bosqichli tizimini tashkil etish va o‘tkazish;

-milliy sport turlari bo‘yicha xalq o‘yinlari, musobaqalar tashkil qilish va o‘tkazish;

-turar joylar va mahallalarda madaniy ma’rifiy faoliyatni, aholini madaniy va jismoniy jihatdan tarbiyalashni tashkil qilishda, jismoniy tarbiya – sog‘lomlashtirish va ommaviy sport ishlarini o‘tkazishda davlat va jamoat tashkilotlari, o‘quv yurtlari, mahalliy xokimiyat organlari va o‘zini-o‘zi boshqarish organlari bilan faol hamkorlik qilish va ularga ko‘maklashish;

-davlatlararo va xalqaro shuningdek viloyatlararo madaniy hamda sport aloqalarini kengaytirish va mustaxkamlash, konferentsiyalar, ko‘rgazmalar va sport musabaqalari o‘tkaish, madaniyat va san’at, sport sohasiga xorijiy investitsiyalar va grantlarni jalb etish ishlarini tashkil qilish;

- madaniy ma’rifiy va sport sog‘lomlashtirish muassasalari, ob’ektlari va inshootlarini moddiy–texnika bazasini rivojlantirish hamda mustahkamlash, ulardaneng yuqori darajada to‘liq va samarali foydalanishni ta’minlash;

-professional,xalq va havaskorlik ijodiyotini, ommaviy jismoniy tarbiya va sport,ma’rifiy va sport dasturlarini keng targ‘ib qilish, shuningdek madaniyat va sport sohasida chop etilgan ommabop adabiyotlar bilan viloyat aholisining keng qatlamlarini ta’minlab borish, hamda vidio va kino materiallar chiqarish.


 Boshqarma o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

Boshqarmalar, idoralar. jamoat tashkilotlari va birlashmalari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning madaniyat va sport sohasidagi ishlarini muvofiqlashtiradi:

-boshkarma vakolatiga taallukli masalalar bo‘yicha qonun hujjatlariga rioya qilish monitoringini olib boradi, uni takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi va ularni ko‘rib chikish uchun belgilangan tartibda Vazirlikka va vnloyat xokimligiga taqdim etadi:

-madaniyat va sport sohasida hamkorlik bo‘yicha xalkaro loyihalarni nshlab chiqishda qatnashadi, qabul qilingan xalqaro bitimlarning boshqarmaga taaluqli bandlarini bajarilishini ta’minlaydi.

-teatr, musiqa, xoreografiya, estrada, tsirk va xalq amaliy sanatini rivojlantirishni ta’minlaydi, ijodiy jamoalarga xalqimiz tarixining eng yorqin sahifalarini unnng hozirgi xayotnni, mustaqil rivojlanish tajribasini aks ettiruvchi asarlar yaratishda har tomonlama yordam beradi;

- viloyat miqiyosida kadrlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar, iisonparvarlik va yuksak ma’naviyat ruxida tayyorlash jarayonini tashkil qiladi, kishilarning o‘zining umumta’lim va madaniy saviyasini oshirshga intnlnshini rag‘batlantirish, ularni milliy. jahon mada niyati va san’atinining eng yaxshi na’munalaridan bahramand etish ishlarini amalga oshiradi:

- boshqarma tizimi kadrlari malakasini oshirishni, ularni qayta tayyorlashni, attestatsyadan o‘tkazishni shuningdek xorijda, mamlakat miqiyosida tajriba orttirshni, o‘qitishni ta’minlaydi;

- kutubxonalar, teatrlar, klublar madaniyat uylari va saroylari, istirohat bog‘lari, muzeylar va boshqa madaniy-ma’rifiy muassasalarni rivojlantirish va ularnnng moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ma’naviy boy, intellektual rivojlangan va yuksak madaniyatli shaxslarni tarbiyalash:

- muzeylarda milliy mustaqillik g‘oyalariga hamoxang bo‘lgan, o‘zbek xalqining boy madaniy merosinn, uning insoniyat tarixidagi roli va ahamiyatini, rivojlanish bosqichlarinn xaqqoniy aks ettiruvchi ekspozitsiyalarning tashkil etilishini shuningdek zamonaviy rivojla nish istiqbollarini chuqur o‘rganishnn, muzeyshunoslik va muzeylar fondlaridagi eksponatlar ning yagona katalogini yuritish bo‘yicha umummilliy siyosatning amalga oshirilishini ta’minlaydi:

- viloyat aholisini O‘zbekiston xalqlari tarixi to‘g‘risida xabardor qiluvchi chet ellarda saqlanayotgan 'qadimiy buyumlar. shunigdek mamlakatimiz muzeylarida namoyish qilinayotgan noyob eksponatlar bilan keng tanishtirish orqali odamlarda umumin sonni kadriyatlarni, boy milliy madaniy merosni hurmat qilish va e’tnrof etish tuyg‘usini tarbiyalashga ko‘maklashadi;

- viloyatda mavjud madaniy meros obektlarini muxofaza qilish. saqlash va asrash, targ‘ib qilish va ulardan foydalannsh bo‘yicha davlat dasturlarinn ishlab chiqishda qatnashadn:

- madaniy meros ob’ektlarini ta’mirlash. konservatsiya. rekonstruktsiya qilish va 'ulardan foydalanish bo‘yicha davlat dasturlarining amalda ro‘yobga chiqarilishini ta’minlaydi:

- madaniy meros ob’ektlarini aniqlash, ro‘yhatdan o‘tkazish. muxofaza qilish, targ‘ib etish va ulardan foydalanishni ta’minlaydi:

- madanny meros ob’ektlarining davlat kadastrini yuritadi, ularni tarixiy-madaniy ekspertizadan o‘tkazishni tashkil qiladn va amalga oshiradi:

- madaniy qimmatta ega bo‘lgan, ekspeditsiyalar qazishmalari natijasida topilgan topilma va buyumlarning O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda klassifikatsiyasinn aniqlash uchun Respublika madaniyat va sport ishlari vazirligiga kiritadi:

- madanny boyliklarning chetga olib chiqib ketilishi, vaqtinchalik olib chiqib ketilishi to‘g‘risida vazirlikka takliflar kiritadi:

- chetga olib chiqib ketiladigan va chetdan olib kelinadigan. shuningdek vaqtinchalik olib chiqib ketiladigan va vaqtinchalik olib kelinadigan madanny boyliklarni ro'yhatdan o‘tkazish uchun vazirlikka taklif kiritadi:

-chetga olib chiqib ketiladigan va chetdan olib kelinadigan, shuningdek vaqtinchalik olib chiqib ketiladigan va vaqtinchalik olib kelingan madaniy boyliklarni ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha Respublika madaniyat va sport ishlari vazirligiga takliflar kiritadi;

- madaniy boyliklarni chetga olib chiqib ketish va vaqtinchalik olib chiqib ketish xuquqiga sertifikatlar berilishi yuzasidan takliflarni vazirlik muhokamasiga kiritadi;

- tutib qolingan va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda musodora qilingan madaniy boyliklarni tegishli davlat organlaridan qabul qiliboladi, ularni ekspertizadan o‘tkazish va ulardan foydalanish tartibini belgilaydi;

- boshqarma tarkibiga kiruvchi tashkilotlarning jamoalari va yakkaxon ijrochilarning gastrol kontsert faoliyatini mamlakatimizda shu jumladan chet ellardagi gastrol-kontsert faoliyatini tashkil qiladi va bu yuzadan vazirlikka takliflar kiritadi;

- viloyat ,respublika va xorijiy mamlakatlarda professional san’at va xavaskorlik san’ati festivallari, ko‘rik-tanlovlari, shuningdek ko‘rgazmalar o‘tkazishni tashkil qiladi;

- estrada san’atini rivojlantirish va muvofiqlashtirish Kengashi bilan birgalikda viloyat madaniyat saroylari,amfiteatrlari, kontsert zallari va stadionlarda o‘tkaziladigan madaniy ma’rifiy hamda kontsert tadbirlarining tematik repertuar rejalari va dasturlarini takomillashtirishga doir ishlarning muvofiqlashtirilishini ta’minlaydi;

- viloyat ta’lim muassasalarida dars berish uchun viloyat, respublika va xorijiy mamlakatlarning taniqli ijrochilarini san’atva sport arbblarini, etakchi mutaxassis pedagoglarni taklif qiladi;

- chet ellarda, shuningdek viloyatlar hamda Toshkent shahrida o‘qiyotgan va samarali ijodiy faoliyat ko‘rsatayotgan ijodkor yoshlarning viloyatda va respublikada o‘tkaziladigan ko‘riklar, tanlovlar hamda festivallarda qatnashishini ta’minlaydi;

- iqtidorli yoshlar va sa’at arboblarining ijodiy safarlarini tashkil qilishni,ularning xalqaro ko‘lamda va respublika hamda viloyat miqayosida san’at va sport sohasida o‘tkaziladigan musabaqalarda, ko‘riklarda. Tanlovlarda, festivallarda va boshqa anjumonlarda ishtirok etishini ta’minlaydi;madaniyatshunoslikni, teatrshunoslikni, sa’atshunoslikni va maskur sohadagi ilmiy yo‘nalishlarni rivojlantirish, oliy o‘quv yurtlarida ilmiy tadqiqot muassasalarida ilmiy va ilmiy pedagog kadrlar tayyorlash chora tadbirlarini ko‘radi;

- dramatik, musiqali, musiqiy dramatik asarlar tasviriy va amaliy san’atva haykaltaroshlik asarlari yaratishga davlat buyurtmalarini amalga oshiradi;

- ijodiy jamoalar, madaniyat, sa’at va sport mutaxassislarni, arboblarini, shuningdek sportchilarni hamda ularning idoraviy mansubligidan qat’iy nazar, boshqa vakillarni xalqarotanlovlar, festivallar, musobaqalarda va chet ellardagi boshqa tadbirlarda qatnashish uchun tayyorlashni, jminlaydi;

- viloyatda sport turlarining va sport federatsiyalarining faoliyatini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilaydi va muvofiqlashtirib boradi;

-viloyat terma jamoalari sportchilari va a’zolarini sport inventarldari va jihozlari, kiyim-kechak va poyafzal bilan ta’minlaydi;

- viloyatda madaniyat va sportni rivojlantirishning monitoringini amalga oshiradi, ularning rivojlantirishga doir yillik protokollarni shakllantiradi;

- jahon ilmiy-texnika taraqqiyoti yutuqlari, xorijiy mamlakatlarda madaniyat va sportni rivojlantirishning ilg‘or tajribasi umumlashtirilishini, ushbu yutuqlarning tarmoqda joriy etilishini ta’minlaydi;

- manfaatdor boshqarmalar, idoralar, tashkilotlar bilan birgalikda madaniyat va sport sohasidagi ilmiy tadqiqotlarning rivojlanishiga, shuningdek aholini jismoniy tarbiyalashga ko‘maklashadi, ilmiy tadqiqotlar natijalarini amaliyotga joriy etidi va ushbu ishlar olibborilishini muvofiqlashtiradi;

- madaniyat va sport sohasi bo‘yicha o‘quv dasturlari, qo‘llanmalari va boshqa ilmiy-metodik adabiyotlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi;

- madaniyat va sportni rivojlantirish bo‘yicha takliflar asosida maqsadli dasturlarni madaniyat va sport iohasiga taalluqli dasturiy metodik va boshqa me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqadi hamda belgilangan tartibda tasdiqlaydi, ularning to‘g‘ri bajarilishini ta’minlaydi;

- davlat boshqaruvi va boshqa organlar bilan birgalikda madaniyat va sport arboblarini, shu jumladan sportchilani, trenerlarni, sport fahriylarni va boshqa mutaxassislarni ijtimoiy muxofaza qilish masalalarini hal etadi;

- O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi va boshqa jamoat sport tashkilotlari faoliyatini rivojlantirishga ko‘maklashadi.

- viloyatdagi sportning milliy turlari va halq o‘yinlarini rivojlantirishni yo‘lga ko‘yadi, viloyatda, mamlakatda va chet ellarda sportning mulliy turlari bo‘yicha musobaqalar, halq o‘yinlari, ommaviy tadbirlar tashkil etilishi va o‘tkazilishining moliyalashtirilishini, shuningdek, halqaro sport maydonlarida sportning milliy turlarini targ‘ib qilishda va rivojlantirishda faol qatnashadi;

- halqaro, respublika va viloyatda ommaviy sport tadbirlari o‘tkazilishini, ularni sportchilar, trenerlar va boshqa mutaxassislar bilan ta’minlashni, sportchilarni, viloyat terma jamoalarini tayyorlashni va ularning Olimpiada va Osiyo chempionatlari, kuboklari va birinchiliklarida hamda boshqa halqaro musobaqalarida ishtirok etishini belgilangan tartibda ta’minlaydi;

- viloyat sportchilari tomonidan sport turlari bo‘yicha o‘rnatilgan mamlakat rekordlarini tasdiqlash uchun tegishli hujjatlarni O‘zbekiston Respublika Madaniyat va sport ishlari vazirligiga taqdim etish;

- sport federatsiyalarining taqdimnomasi bo‘yicha davlat byudjeti mablag‘lari hisobiga moliyalashtiriladigan halqaro ommaviy sport tadbirlarida sportning alohida turlari bo‘yicha qatnashadigan viloyat sportchilari, terma jamoalarini tasdiqlash uchun tavsiya etadi va ularning ishtirok etishini ta’minlaydi;

- aholining keng qatlamlari o‘rtasida madaniy tadbirlar va ommaviy sport tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazishda viloyatning davlat va jamoat tashkilotlariga ko‘maklashadi;

- o‘ziga qarashli tashkilotlarning moddiy-texnik bazasini rivojlantirishda va ularning axborat bilan ta’minlashda, maslaxat berish, kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlashda hamda boshqa yordam turlarini ko‘rsatishda ularga ko‘maklashadi;

- barcha mavjud madaniyat va sport inoshootlarini, kutubxonalar, teatrlar, klublar, madaniyat uylari va saroylari, madaniyat va istiroxat bog‘lari, muzeylar, o‘yingohlar va boshqa madaniy-ma’rifiy muassasalarni xatlovdan o‘tkazish;

- jismoniy tarbiya, sog‘lomlashtirish va sport ishnoatlarini pasportlashtiradi hamda ulardan foydalanish yuzasidan belgilangan tartibda sertifikatlar olish uchun Vazirlikga tavsiya kiritadi;

- madaniyat va sport sohasidagi ulkan yutuqlar uchun mukofatlar ta’sis etish va O‘zbekiston Respublikasi faxriy unvonlarini berish to‘g‘risidagi takliflarni ko‘rib chiqadi va belgilangan tartibda yuqori tashkilotlar muhokamasiga kiritadi;

- halqaro madaniy hamda sport aloqalarini amalga oshiradi va rivojlantiradi;

- madaniyat va sport muassasalarining davlat byudjeti mablag‘lari hisobiga moliyalashtirilishini belgilangan tartibda ta’minlaydi hamda pullik hizmat bo‘yicha mablag‘ tushirishni;

- foydalanilmay, ishlatilmasdan turgan binolarni, ishlatilmasdan turgan texnika asboblarini ijaraga berishdan;

- asboblarini ijaraga berishdan;

-avtomobillarni ijaraga berishdan;

-yordamchi xo‘jalik va boshqa korxonalarni tashkil qilishdan;

-pullik madaniy tugaraklar ochishdan;

-to‘y marosimlarida madaniy hizmat ko‘rsatishdan;

-tashkilotlarga shartnoma asosida madaniy hizmat ko‘rsatishdan;

-o‘z xisobidagi erlarni jismoniy va yuridik shaxslarga shartnoma asosida ijaraga berishdan va boshqa xizmat turlari orqali amalga oshiradi;


Pullik hizmat ko‘rsatishdan tushgan mablag‘larni sarflash quydagi hollarda amalga oshiriladi;

-qonunlarda ko‘rsatilgan to‘lovlarni to‘lash;

-musiqa asboblari, inventarlar sotib olish;

-ta’mirlash va ehtiyot qismlar sotib olish;

-ishchi-xodimlarni moddiy rag‘batlantirish va xakozo.

 

Boshqarma o‘ziga yuklangan vazifalar va funktsiyalarni bevosita. Shuningdek o‘zining hududiy bo‘linmalari, o‘ziga qarashli boshqa tashkilotlar orqali amalga oshiradi.


Madaniyat va aholi dam olish markazlari bo‘yicha ma'lumot

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 25 iyundagi "2013-2018 yillarda zamonaviy madaniyat va aholi dam olish markazlarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 178-sonli qarori qaroriga asosan Xorazm viloyati hokimining 2013 yil 29 iyundagi 144q-sonli qarori qabul qilindi.

Karorga asosan viloyatdagi mavjud 126 ta madaniyat uylari va klub muassasalari faoliyati tugatilib, ularning negizida viloyatning shahar va tumanlaridagi aholi soni va hududiy joylashuvini inobatga olgan holda, 65 taMadaniyat va aholi dam olish markazlari tashkil etish belgilandi.

Shundan 12 tasi tuman markazlarida, 8 tasi shaxar va 45 tasi qishloq xududlarida joylashgan.

2018 yilgacha viloyatimizda ish boshlashi ko‘zda tutilgan 65 ta markazning 6 tasi I tip, 36 tasi II tip va 23 tasi III tip loyiha asosida foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.

2013 yil davlat dasturiga kiritilgan 3 ta, Bog‘ot tumani "Kulonqorabog‘”, Shovot tumani "Ijtimoyat” va Xiva tumani "Sayot” madaniyat va aholi dam olish markazlari to‘liq ta’mirlanib va zamonaviy jihozlanib 2014 yil 12 iyul kuni foydalanishga topshirildi.

Shuningdek 2014 yildagi dasturga kiritilgan 10 ta,Shovot tumani "Chig‘atoyqal’a”, Xonqa tumani "Sarapoyon”,Xazorasp tumani "Bo‘ston”, Yangibozor tumani "Cho‘bolonchi”, Gurlan tumani "Nurobod”, Urganch tumani "Qoromon”,Qo‘shko‘pir tumani "Oqdarband”, Urganch shaxri "Istiqlol”, Shovot tumani "Bo‘yrachi” va Yangiariq tumani markazlarning barchasi ta’mirlanib va zamonaviy jixozlanib tantanali ravishda foydalanishga topshirildi.

Undan tashqari 2015 yilda 6 ta madaniyat va aholi dam olish markazlarini mukammal ta’mirlash va zamonaviy jixozlanish belgilangan.

Bular Bog‘ot tumani "Qipchoq”, Urganch tumani "Bekobod”, Xiva tumani "Doshyoq”, Yangibozor tumani "Bo‘zqala”, Shovot tumani "Kiyot” va Qo‘shkupir tumani "Hadra” madaniyat va aholi dam olish markazlaridir.

21 may kuni qurilish tashkilotlarining arizalariga asosan tender savdolari bo‘lib o‘tdi, ikkinchi paketlarochildi va qurilish tashkilotlari aniqlanib, Markazlarni mukammal ta’mirlash va zamonaviy jihozlash uchun jami – 3 mlrd. 334 mln. 275 ming so‘m mablag‘ belgilandi.

Xozigi kungacha qurilish tashkilotlariga maxalliy byudjetdan 30 % pul mablag‘i ajratilib qurilish-ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.

Shuningdek 2016 yilda 9 ta Bog‘ot, Xazorasp, Xiva, Qo‘shko‘pir tuman madaniyat va aholi dam olish markazlari va Gurlan tumani "Vazir”, "Guliston”, "Xizir-eli”, Shovot tumani "Xitoy”xamda Yangiariq tumani"Qo‘riqtom”madaniyat va aholi dam olish markazlari kapital ta’mirlash zamonaviy jixozlash uchun rejalashtirilgan. Ushbu madaniyat va aholi dam olish markazlarini joylashtirish sxemasi bo‘yicha manzilli dasturi tayyorlandi. (viloyat ishchi guruhi tomonidan o‘rganib chiqilib imzolandi hamda viloyat hokimi tomonidan 2015 yil 2 sentyabr 6-2182-son bilan tasdiqlandi).

Viloyatdagi 65 ta madaniyat va axoli dam olish markazlarida jami 258 ta badiiy xavaskorlik jamoalari va to‘garaklar bo‘lib ularda qiziquvchilar 3298 tani tashkil etadi.

Markazlar tomoshabin zallaridagi jami o‘rindiqlar soni 12340 ta.

Tizimdagi madaniyat va axoli dam olish markazlarida 287 ta ijodiy xodimlar mavjud bo‘lib, 89 tasi oliy va 198 tasi o‘rta maxsus ma’lumotga ega.