Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Белгиланган матнни тинглаш учун ушбу тугмани босинг Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-06
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    Prezidentimizning “2013-2015 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi tarixiy qaroridan keyin amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.


Xorazm viloyati mehnat  va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bosh boshqarmasi

viloyat_hokimi_urinbosari_1

Viloyat hokimligi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bosh boshqarma boshlig‘i:

Kurbonov Ruzimboy Madrimovich. 

Urganch shahar. Al-Xorazmiy ko‘chasi 53 uy. 220100 

Tel: (0362) 226-00-55

Faks: (0362) 226-00-55, (0362) 226-22-90

E-mail: boboyev@rambler.ru

Fuqorolarni qabul qilish kunlari:

Har haftaning dushanba kuni soat 11.00 dan 13.00 gacha viloyat hokimligi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bosh boshqarmasi binosi fuqarolarni qabul qilish xonasida.



Xorazm viloyati mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bosh boshqarmasi nizomi (109 kb)
 
Xorazm viloyati mehnat  va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bosh boshqarmasi o‘z zimmasiga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funktsiyalarni bajaradi:

  • Iqtisodiyotni yanada erkinlashtirish sharoitlarida tegishli xududda fuqarolarning moddiy farovonligi barqaror suratda muttasil o‘sib borishini ta’minlashga qaratilgan davlat siyosatini amalga oshirish va axolining ijtimoiy muxofazasini kuchaytirish;
  • Axolini ish bilan ta’minlash, ijtimoiy himoya qilish, mehnat munosabatlarini tartibga solish, mehnatni muxofaza qilish va normallashtirishning shartlari va tizimini tashkil etish;
  • Viloyatda ishsizlarni, ayniqsa yoshlarni ishga joylashtirish va ijtimoiy ximoya qilish, axolini pensiya bilan ta’minlash, pensionerlar nogironlarga ijtimoiy xizmat ko‘rsatish, kam ta’minlangan va bolali oilalarga manzilli ijtimoiy yordam ko‘rsatish va qo‘llab quvvatlash ishlarini tashkil etish;
  • Mexnat, ish bilan ta’minlash, ishsiz shaxslarni, nogironlarni, kam ta’minlangan va bolali oilalarni ijtimoiy ximoya qilish, axolini pensiya bilan ta’minlash, pensioner va nogironlarga ijtimoiy xizmat ko‘rsatish;
  • Pensionerlar, nogironlar va yolgiz keksa fuqarolardan uy-joydan foydalanish xarajatlari, maishiy xizmat va qattiq yoqilg‘i, dori-darmon bilan ta’minlash, xar xil turdagi yo‘lovchi transportiga yo‘l kira uchun imtiyozlar, sanatoriy-kurortlarda davolanishga yo‘llanmalar va maxsus harakat qilish vositalari hamda qonun hujjatlarida belgilangan boshqa imtiyozlarning berilishini tashkil qilish;
  • Viloyatda davlat pensiyalarni va davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqalarni tayinlash va to‘lash ishlarini tashkil etish;
  • Pensiya qonunchiligini to‘g‘ri qo‘llanilishini, fuqarolarning pensiyaga bo‘lgan xuquqlarini buzilishiga yo‘l qo‘ymaslikni, pensiya va ijtimoiy nafaqalarni o‘z vaqtida tayinlanishi va to‘lanishini ta’minlaydi va nazorat qiladi;
  • «Muruvvat» uyida yashayotgan keksa fuqarolar va nogironlarga maishiy, tibbiy va madaniy xizmat ko‘rsatishni, bu muassasaning moddiy-texnika negizini mustahkamlashni tashkil etish;

Mehnatni muxofaza qilish

Xorazm viloyatining 1517,9 mln kishidan ortiq axolisining 40 foizini korxona, muassasa va tashkilot ishchi-xizmatchilari tashkil etadi. Ularning mehnat qilish jarayonidagi xavfsizligi O‘zbekiston Respublikasining «Mehnatni muxofaza qilish to‘g‘risida»gi qonuni va unga muvofiq chiqariladigan boshqa me’yoriy hujjatlar bilan ta’minlangan.

«Korxonaning ishlab chiqarish faoliyati natijalariga nisbatan xodimning hayoti va sog‘ligi ustivorligi» – mehnatni muxofaza qilish sohasidagi davlat siyosatiga amal qilgan xolda, mulk va xo‘jalik yuritish, qolaversa ishlab chiqarish usullaridan qat’iy nazar barcha korxonalarda ishlovchilar uchun ekologiya jihatidan xavfsiz sharoitlar yaratilmokda, ish joylaridagi atrof-muxit xolati, mexnat xavfsizligi talablari muntazam nazorat etilmokda. Xar bir korxona mexnatni muxofaza qilish uchun zarur mablag‘larni jamoa shartnomasida belgilanadigan mikdorda ajratadi, korxonaning xodimlari ana shu maqsadlar uchun qandaydir qo‘shimcha chiqim qilmaydilar (qonunning 11-moddasi).

Korxonadagi xodimning ish joyi mexnat sharoiti – xavfsizlik standartlari, qoida va yo‘riqnoma talablariga muvofiq tashkil etilgan. Bular o‘z navbatida davlat, jamoat, ma’muriyat nazoratiga olingan.

Mexnat sharoiti zararli va xavfli ishlab chiqarishlarda, shuningdek o‘ta noxush xaroratli yoki ifloslanishlar bilan bog‘liq sharoitlarda bajariladigan ishlarda mexnat qiluvchilarga maxsus kiyim, poyabzal, yuvish va dezinfektsiyalash vositalari, sut yoki unga tenglashadigan boshqa oziq-ovqat maxsulotlari bepul berilmoqda. (konunning 13-moddasi), xodimlar soni 50 nafar va undan oshadigan korxonalarda mexnatni muxofaza qilish lavozimlari joriy etilgan (konunning 14-moddasi), fuqarolar mexnat shartnomasi imzolanganda dastlabki tarzda, keyin vaqti-vaqti bilan tibbiy ko‘riklardan o‘tish tashkil qilingan, bunday paytlarda xodimning o‘rtacha ish xaqi saqlanishi ta’minlanmoqda, jaroxatlanish va kasb kasalliklarini oldini oladigan sanitariya-gigiena sharoitlari yaratishga erishilmoqda (qonunning 18-moddasi), ishga qabul qilishda xodimlar mexnat muxofazasiga oid kirish, keyin bexatar ishlash bo‘yicha ish joyida yo‘l-yo‘riqlar berilmoqda, o‘qishlar va bilimlarini tekshiruvdan o‘tkazishlar tashkil qilingan (konunning 19-moddasi), xotin-qizlar, 18 yoshga to‘lmaganlar, mexnat qobiliyati cheklangan shaxslarga O‘zbekiston Respublikasi Mexnat kodeksining tegishli moddalarida imtiyoz va kompensatsiyalar belgilangan.