Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Белгиланган матнни тинглаш учун ушбу тугмани босинг Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-06
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    Prezidentimizning “2013-2015 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi tarixiy qaroridan keyin amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.


Viloyat hokimligi moliya boshqarmasi

2015 yil 4-fevraldan:
Viloyat hokimligi moliya bosh boshqarmasi boshlig‘i:
Davlatov Muradbek Saparboyevich

Urganch shahar G‘ofur G‘ulom 1-tor ko‘chasi 6-uy, 220100

Tel:
(0362) 223-29-67
Faks: (0362) 223-15-78
E-mail: horezm-moliya@urg.mf.uz
Fuqarolarni qabul qilish kunlari:
Har haftaning chorshanba kuni soat 10. 00dan 12:00gacha viloyat moliya bosh boshqarmasi binosi fuqarolarni qabul qilish xonasida.



O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari boshqarmalari   va bo‘limlari, davlat sug‘urta idoralari, shuningdek, ularga qarashli davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining yagona tizimini tashkil etadi.

Xorazm viloyati hokimiyatining moliya boshqarmasi moliya tizimi tarkibiga kiruvchi organlar faoliyatini kelishilgan yagona moliyaviy va soliq siyosatini shakllantirish ishlarini olib borishga, viloyat iqtisodiyotini sog‘lomlashtirishga va aholini ijtimoiy himoya qilishga yo‘naltiradi, xalq xo‘jaligi va ijtimoiy-madaniy sohani mablag‘ bilan ta’minlaydi, viloyat mintaqalarining yaxlit ishlab chiqarish va ijtimoiy taraqqiyoti uchun moliyaviy negiz yaratadi; o‘z vakolati doirasida viloyat moliya tizimi tarkibiga kiruvchi organlar faoliyatini nazorat qilishni tashkil etadi va amalga oshiradi, ular faoliyati usullari va shakllarini takomillashtiradi, mazkur organlar xodimlarining kasb mahoratini oshirish ishlarini muvofiqlashtiradi.


Shu maqsadlarda viloyat moliya boshqarmasi o‘z faoliyati jarayonida:
  • Viloyat byudjeti loyihasini tayyorlaydi;
  • Viloyat byudjeti mablag‘larining tushumi va sarfi tartibini belgilaydi hamda ular ustidan nazoratni amalga oshiradi;
  • Byudjet tashkilotlarining xarajatlar smetasi va shtat jadvallarini ro‘yxatdan o‘tkazadi;
  • Qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.