Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Белгиланган матнни тинглаш учун ушбу тугмани босинг Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-06
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    Prezidentimizning “2013-2015 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi tarixiy qaroridan keyin amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.


Viloyat hokimligi matbuot va axborot boshqarmasi

Viloyat hokimligi matbuot va axborot boshqarma boshlig‘i:

Bekchanova Dilbar Zaripovna.


Urganch sh. Al-Xorazmiy ko‘chasi 23 uy. 220100 

Tel: (0362) 226-17-55

Faks: (0362) 226-17-55

E-mail: d.zaripova@inbox.uz


Fuqorolarni qabul qilish kunlari:
Har haftaning dushanba kuni soat  10.00 dan 13.00 gacha Urganch sh. Al-Xorazmiy ko‘chasi 23 uy binosi (5- qavat.)



Viloyat hokimligi matbuot va axborot boshqarmasi nizomi (64 kb)
 
Majburiyatlari: 

  • - ommaviy axborot vositalarining mustaqil faoliyati amalga oshirishga bo‘lgan konstitutsiyaviy huquqlariga va qonun hujjatlariga,  so‘z va matbuot erkinligi kafolatlariga so‘zsiz rioya etilishi yuzasidan monitoring olib borish
  • - viloyat fuqarolarining axborotlarga olishga bo‘lgan ehtiyojini to‘laqonli qondirishga,  aholining,  eng avvalo,  o‘sib kelayotgan avlodning ma’naviy-ma’rifiy va madaniy saviya darajasini oshirish manfaatlarini ko‘zlab ommaviy axborot vositalari,  noshirlik ishlari va matbaachilikni rivojlantirishga ko‘maklashish
  • - ommaviy axborot vositalarini tarqatish,  ushbu faoliyat turlarini ro‘yxatdan o‘tkazish sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirish
  • - mahalliy ommaviy axborot vositalari,  nashriyotlar,  axborot va kitob bozorining boshqa qatnashchilari tomonidan ushbu sohaga doir amaldagi qonun hujjatlariga rioya etilishi yuzasidan viloyatda faoliyat ko‘rsatayotgan ommaviy axborot vositalari,  nashriyotlar mahsulotlarining monitoringini amalga oshirish
  • - viloyat fuqarolari va yuridik shaxslarning axborotlarni tayyorlash,  tarqatish,  ulardan foydalanish sohasidagi huquqlari va manfaatlarining himoya qilinishini ta’minlash
  • - tegishli davlat muassasalari bilan hamkorlikda mulkchilik shakllaridan qat’iy nazar,  mahalliy ommaviy axborot vositalari bozorida subyektlarning teng mavqeini ta’minlash
  • - reklamalar tayyorlash,  shuningdek,  ularni mahalliy ommaviy axborot vositalari orqali tarqatishda davlat siyosatini amalga oshirishda qatnashish.  O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi ommaviy axborot vositalari,  axborotlar almashish,  matbuot,  noshirlik,  matbaachilik faoliyati hamda davriy nashrlarni tarqatish sohasida davlat siyosatini ishlab chiqarish va amalga oshirish borasidagi vazifalarni hal etish uchun vakolat berilgan davlat boshqaruvi organi hisoblanadi. 

Funksiyalari: 

  • - Vohada faoliyat ko‘rsatayotgan ommaviy axborot vositalari va matbaa korxonalarining ishini takomillashtirishda amaliy yordam ro‘satish
  • - O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq boshqarmada ro‘yxatdan o‘tkazilgan ommaviy axborot vositalarining qonunchilik va o‘z Nizomlariga rioya qilinishi yuzasidan monitoring o‘tkazishda aniqlangan qonunbuzarliklar yuzasidan muassislarga taqdimnomalar kiritish,  aniqlangan qonunbuzarliklar bartaraf etilmagan hollarda Ommaviy axborot vositasining chiqarilishini to‘xtatib turish yoki tugatish hamda ularga berilgan guvohnomalarni bekor qilish bo‘yicha sudlarga ariza bilan murojaat qilish
  • - matbaa korxonalarining texnikaviy bazasini rivojlantirish,  rekonstruktsiya qilish,  undan foydalanish,  davlat standartlarini ta’minlanishi sohasidagi tadbirlarini amalga oshirishda qatnashish
  • - o‘z vakolatiga ko‘ra hokimiyatning boshqa ijro organlari bilan hamkorlik munosabatlarini o‘rnatish