Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Белгиланган матнни тинглаш учун ушбу тугмани босинг Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-06
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    Prezidentimizning “2013-2015 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi tarixiy qaroridan keyin amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.


Viloyat hokimligi sog‘liqni saqlash boshqarmasi

viloyat_hokimi_urinbosari_1

2012 yil 3-sentyabrdan:

Viloyat hokimligi sog‘liqni saqlash boshqarma boshlig‘i:

Tangriberdiyev Kupalbay Raimberdiyevich

 
Urganch shahri, G`.G`ulom ko`chasi 16 a uy, 220100.

Tel: (+99862) 223-06-30
Faks:
(+998 62) 223-06-33
E-mail:
info@xorazmvssb.uz, k.tangriberdiev@minzdrav.uz
Fuqorolarni qabul qilish kunlari:
Har haftaning dushanba kuni soat  11.00 dan 13.00 gacha  viloyat sog'liqni saqlash boshqarmasi binosi fuqarolarni qabul qilish xonasida (3- qavat.)

Avtobuslar: 7,17,19


 
Viloyat hokimligi sog‘liqni saqlash boshqarmasi nizomi (6 Mb)

 Boshqarmaning vazifalari va asosiy yo‘nalishlari:
  • Tasarrufidagi xududda sog`liqni saqlash soxasidagi davlat siyosatini amalga oshirish.
  • Fuqarolar salomatligini muxofaza qilish soxasida qonunchilikning bajarilishini ta’minlash.
  • Tasarrufidagi davolash - profilaktika muassasalar faoliyatini muvofiqlashtirib borish, ular tomonidan ko`rsatiladigan tibbiy xizmatlar sifati, byudjet mablag`laridan belgilangan maqsadda va samarali foydalanish ustidan nazoratni amalga oshirish.
  • Profilaktik sog`liqni saqlashni rivojlantirish, sog`lom turmush tarzini keng ommoviylashtirish
  • Tasarrufidagi xududda sog`liqni saqlashni boshqarishning barcha darajalarida axoliga shoshilinch tibbiy yordam ko`rsatish tizimini tashkil qilish va mustaxkamlash.
  • Bozor tamoyillari va mexanizmlarini joriy etish. Maqsadli dasturlarni amalga oshirish asosida sog`liqni saqlash tizimini islox qilishni ta’minlash.
  • Sog`liqni saqlashni texnika bilan qayta jixozlash va uning moddiy bazasini rivojlantirish chora tadbirlarini amalga oshirish, tashxis quyishga, bemorlarni davolash va sog`lomlashtirishga, zamonaviy texnologiyalar va texnika vositalarini joriy etish, fan texnika va ilgor tajriba yutuqlarini tibbiyot amaliyotiga joriy qilish
  • Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash, hamda ularning kasbiy darajasini oshirish chora-tadbirlarini amalga oshirish
  • Xususiy sog`liqni saqlash tizimlari faoliyatini rivojlantirishga va tashkil qilishga ko`maklashish
  • Xorijiy investitsiyalarini, xalqaro tashkilotlar, jamg`armalar va jamoat tashkilotlari mablag`larini sog`likni ‘saqlash tizimiga jalb etish uchun shart-sharoitlar yaratish.

Sog'liqni saqlash boshqarmasining funksiyalari.

  • Sog`likni saqlash Boshqarmasi o`z zimmasiga yuklangan vazifalarga muvofik quyidagi asosiy funksiyalarni amalga oshiradi
  • Tasarrufidagi xududda sog`likni saqlashni rivojlantirishning asosiy yo`nalishlarini belgilaydi, ularni amalga oshirishda Davlat, jamoat tuzilmalarining va boshqa tuzilmalarning o`zaro xamkorligini ta’minlaydi .
  • Axoliga dastlabki tibbiy yordam ko`rsatishni tashkil qiladi, undan barchaning bahramand bo`lishini ta’minlaydi, tibbiy xizmatlar ko`rsatish sifatining tibbiy-sanitariya standartlariga rioya etilishini nazorat qiladi, muntazam nazoratdagi bemorlar kontingentining tibbiy ko`rikdan o`tkazishini ta’minlaydi.
  • Kasallanish profilaktikasini takomillashtirish va axoliga malakali tibbiy xizmat ko`rsatish tadbirlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi, tibbiy xizmat ko`rsatish darajasi va sifatini oshirish chora- tadbirlarini quradi.
  • Tasarrufidagi xududda axoliga favqulodda shoshilinch tibbiy yordam ko`rsatishni ta’minlaydi.
  • Yuqumli, parazitar kasalliklarning, shuningdek insonning yashashiga noqulay ta’sir ko`rsatuvchi muhit omillari bilan bog`lik bo`lgan kasalliklarning oldini olishga doir ishlarni amalga oshiradi.
  • Onalik va bolalikni muxofaza qilish xizmatini rivojlantiradi, sud-tibbiy ekspertizani ta’minlaydi.
  • Raxbar xodimlarning malakaviy tarkibi va kasbiy saviyasi ustidan nazoratni amalga oshiradi, tibbiy  muassasalarini yuqori malakali kadrlar bilan butlashni va vrachlar, farmatsevtlar va o`rta tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini oshirishni ta’minlaydi.
  • faoliyatidagi qonunchilik buzilishlarini,kamchiliklarni bartaraf etishga doir zarur chora-tadbirlarni quradi
  • Belgilangan tartibda xalqaro aloqalarni,sog`likni saqlash soxasidagi chet el tajribasini o`rganish va undan foydalanishni amalga oshiradi
  • Qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi

Sog'liqni saqlash boshqarmasining huquqlari.

  • Tasarrufidagi muassasalarda sog`liqni saqlashni rivojlantirishni ishlarini takomillashtirish,ularning moddiy-texnika bazasini mustaxkamlash,malakali tibbiyot kadrlarni tayyorlash masalalari bo`yicha takliflarni ko`rib chiqish uchun vaklolatli organlarga belgilangan tartibda kiritish
  • O`z vakolatiga kiruvchi sog`liqni saqlash masalalari bo`yicha konferensiyalar,seminarlar,kengashlar,uchrashuvlar o`tkazish,ko`rgazmalar va boshqa tadbirlarni tashkil qilish
  • Mulkchilik shakllaridan qa`tiy nazar organlar,korxonalar,muassasalar va tashkilotlardan Boshqarmaga yuklangan vazifalarni bajarish uchun zarur bo`lgan axborotlarni so`rash va olish
  • Tibbiy kengash majlislarida mulkchilik shakllaridan qa`tiy nazar sog`liqni saqlash muassasalari va tashkilotlari raxbarlarining Boshqarma vakolatiga taaluqli masalalar bo`yicha axborotlarini eshitish
  • Xududdagi sanitariya-epidemiologik vaziyat bilan bog`lik masalalarni ko`rib chiqish uchun hokimlik huzuridagi favkulodda epidemiyaga qarshi kurash komissiyasiga kiritish
  • O`ziga tegishli muammolarni hal qilishga ilmiy muassasalarni,olimlar va mutaxassislarni,shu jumladan xorijiy olimlar va mutaxassislarni shartnoma asosida jalb etish
  • Tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish va bank xamda boshqa kredit muassasalarida qonunchilikda belgilangan tartibda valyuta schetlariga ega bo`ldi
  • Byudjetdan tashqari mablag`lardan xodimlarning samarali ragbatlantirishda foydalanish
  • Tasarrufidagi muassasalarning amaldagi qonunchilikga xilof ravishda chiqarilgan buyruqlarini bekor qilish
  • Xo`jalik xisobidagi boshqarma va mussasalarini tashkil qilish va ularni tugatish
Boshqarma ishlarini tashkil etish
  • Sog`likni saqlash Boshqarmasiga O`zbekiston Respublikasi sog`likni saqlash vazirligi bilan kelishilgan holda viloyat Xokimi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan Boshliq boshchilik qiladi
  • Boshliq Boshqarmaga yuklangan vazifalarni bajarilishi va uning o`z funksiyalarini amalga oshirish uchun shaxsan javob beradi

Boshqarma boshlig`i:
  • Boshqarmaga va unga qarashli muassasalar,tashkilotlar ,korxonalar faoliyatiga raxbarlik qiladi
  • O`z vakolati doirasida buyruqlar,yo`riqnomalar chiqaradi hamda o`ziga qarashli barcha muassasalar va tashkilotlar tomonidan bajarilishi majburiy bo`lgan ko`rsatmalar beradi va ularning ijrosini tekshiradi
  • Boshqarmaning tarkibiy bo`limlari to`g`risidagi nizomlarni Boshqarmaga qarashli tashkilotlar va muassasalar nizomlari va ustavlarini tasdiqlaydi
  • Boshqarma apparata xodimlarini va o`ziga qarashli tashkilotlar va muassasalar raxbarlarini belgilangan nomenklaturam muvofiq lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi
  • Boshqarma nomenklaturasidagi lavozimlarga kadrlar tanlashni amalga oshiradi va Boshqarmani yuqori malakali kadrlar bilan butlashni ta’minlaydi.
  • Fan, texnika va ilgor tajriba yutuqlarini tibbiy amaliyotga joriy etishga ko`maklashadi.
  • Iqtisodiy va moliyaviy ishlarni tashkil qiladi tasarrufidagi muassasalar faoliyatini taxlil qiladi,shuningdek byudjet mablag`laridan samarali va belgilangan maqsadda foydalanish ustidan nazoratni amalga oshiradi
  • Sog`liqni saqlash statistikani yuritish ishlarini tashkil qiladi,tasarrufdagi tashkilotlar va muassasalarda statistik xisobga olish va xisobot tartibotiga uslubiy raxbarlikni amalga oshiradi,statistik axborotlarning ishonchliligini nazorat qiladi
  • Boshqarma tasarrufidagi muassasalar va tashkilotlar tuzilmasini takomillashtirish tadbirlarini amalga oshiradi,tasarrufidagi korxonalar,muassasalar,tashkilotlarni belgilangan tartibda tashkil qiladi,qayta tashkil etadi va tugatadi,ular to`g`risidagi nizomlar va ustavlarni tasdiqlaydi
  • Tasarrufidagi xududda sog`likni saqlash muassasalari va tashkilotlarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish bo`yicha takliflar ishlab chiqadi,sog`likni saqlashning nodavlat ( xususiy) sektorini rivojlantirishni ragbatlantiruvchi shart- sharoitlar yaratadi
  • Turli favkulodda vaziyatlar,xalokatlar bartaraf etish bo`yicha dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda qatnashadi,odamlarning xayotini va salomatligini muhofaza qilishga ,fuqoralarni favkulodda vaziyat va qurilayotgan chora-tadbirlar to`g`risida xabardor qilishga doir chora-tadbirlarni amalga oshiradi
  • Viloyat axolisining turli qatlamlari urtasida mulkchilik shaklidan qa`tiy nazar barcha mexnat jamoalarida,tashkilot va musssasalarida tibbiy va sanitariya targ`ibotini olib borish,buning uchun ommaviy axborot vositalaridan samarali foydalanish,shuningdek gazeta nashr etish,xo`jalik xisobidagi kichik bosmaxona tashkil etish
  • Fuqoralarning takliflari,arizalari va shikoyatlarini ko`rib chiqadi,’Boshqarma tasarrufidagi tashkilotlar va muassasalar
  • Boshqarma apparati xodimlarini moddiy rag`batlantirish shartlarini belgilaydi
  • Aloxida o`rnak ko`rsatgan xodimlarni Faxriy unvonlar va mukofotlar berishga belgilangan tartibda taqdim etadi
  • Amaldagi qonun xujjatlariga muvofik boshqa xuquqlarga ega bo`ladi
  • Boshqarmada boshliq tibbiy kengash raisi,lavozimiga ko`ra uning o`rinbosarlari,shuningdek sog`likni saqlash muassasalarining boshqa raxbarlari kengash a’zolari bo`lgan tibbiy kengash tashkil etiladi.A’zolarning shaxsiy tarkibi tegishli xokimlik tomonidan tasdiqlanadi
  • Tibbiy kengash maslaxat organi xisoblanadi xamda o`z majlislarida tasarrufidagi xududda sog`likni saqlashni rivojlantirishning va Boshqarma,shuningdek uning tasarrufidagi tashkilotlar va muassasalar faoliyatining, kadrlar tanlash va ularni joy-joyiga ko`yish,qabul qilingan qarorlar bajarilishini tekshirishning asosiy masalalarini ko`rib chiqadi. Boshqarma tarkibiy bo`linmalari raxbarlarining ,tasarrufidagi tashkilotlar va muassasalar raxbarlarining axborotlarini eshitadi
  • Tibbiy kengash qarorlari boshqarma boshlig`ining buyruqlari bilan amalga oshiriladi.