Click to listen highlighted text!
Хоразм вилояти ҳокимлиги
2016 yil yanvar-iyunda chakana tovar aylanmasi 1493,8 mlrd. so‘mni tashkil etdi va o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 111,1 foizga o‘sdi.

Yuk tashish.2016 yil yanvar-iyunda barcha transport turlari tomonidan 20,6 mln. tonna yuk tashilgan bo‘lib, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 
8,0 foizga ko‘p.

2016 yil yanvar-iyunda viloyatning asosiy kapitalini ko‘paytirishga 
706,4 mlrd. so‘m miqdorida investitsiyalar kiritildi va o‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur’ati 106,4 foizni tashkil qildi.

2016 yilning yanvar-iyunda ishlab chikarilgan (ko‘rsatilgan xizmatlar) umumiy hajmi 1224,6 mlrd. so‘mni yoki 2015 yilning shu davriga nisbatan 
107,1 foizni, shu jumladan, dehqonchilik va chorvachilik, ovchilik va bu sohalarda ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi 16,1 mlrd. so‘mni (107,0 foiz), o‘rmonchilik xo‘jaliklarida 2,1 mlrd. so‘mni (103,0 foiz), baliqchilik xo‘jaliklarida 15,2 mlrd. so‘mni (118,4 foiz) tashkil qildi.

2016 yil yanvar-iyunda sanoat mahsuloti hajmi 1086,6 mlrd. so‘mni yoki o‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur’ati 82,0 foizni tashkil etdi.
Hisobot davrida 594,9 mlrd. so‘mlik iste’mol tovarlari ishlab chiqarilib, 2015 yil yanvar-iyunga nisbatan 67,8 foizni tashkil etdi. Jumladan, 293,9mlrd. so‘mlik oziq-ovqat mahsulotlari, aroq-vino mahsulotlari va pivo, 301,0 mlrd. so‘mlik nooziq-ovqat mollari (2015 yil yanvar-iyunga nisbatan mos ravishda
110,4 foiz va 49,3 foiz) ishlab chiqarildi.


 2016 yilning 1 iyul holatiga ro‘yxatga olingan jami kichik tadbirkorlik (biznes) sub’ektlarining soni 10618 tani tashkil qildi.

2016 yil yanvar-iyunda yalpi hududiy mahsulotning 61,7 foizi 
(2015 yil yanvar-iyunda 61,3 foiz) kichik biznes sub’ektlari tomonidan ishlab chiqarildi.


Korxonalar va tashkilotlar yagona davlat registri ma’lumotlariga ko‘ra, 2016 yilning 1 iyul’ holatiga ro‘yxatga olingan yuridik shaxslar soni 13670 tani tashkil qilib, shundan 13164tasi yoki 96,3 foizi faoliyat ko‘rsatmoqda.

Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha ro‘yxatga olingan korxona va tashkilotlarning asosiy qismi savdo 3243 ta (23,7 foizi), sanoat 1954 (14,3 foizi), qurilish 1396 ta (10,2 foizi) va qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi 1057 ta (7,7 foizi) sohalariga to‘g‘ri keladi.


 

Mlrd. so‘m

2015 yil 
yanvar-iyunga nisbatan foiz hisobida

 

 

 

Yalpi hududiy mahsulot

2716,3

103,7

Sanoat mahsuloti

1086,6

82,0

Iste’mol tovarlari

594,9

67,8


Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2016 yil yanvar-iyunda ishlab chiqarilgan yalpi hududiy mahsulotning (YaHM) hajmi 2716,3 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 
2015 yilning yanvar-iyunga nisbatan o‘sish sur’ati 3,2 foizga teng bo‘ldi.

2016 yil yanvar-iyun oylarida YaHM deflyator indeksi 107,1 foizni tashkil qildi.